https://oz.sputniknews.uz/20260713/thailand-bar-yongin-59000943.html
Chiqish yo‘lini pivo qutilari to‘sib turgan: Tailanddagi bar yong‘inida 27 kishi halok bo‘ldi
Chiqish yo‘lini pivo qutilari to‘sib turgan: Tailanddagi bar yong‘inida 27 kishi halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Bangkokdagi mashhur barda chiqqan yong‘in 27 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 63 kishi jarohatlandi, ulardan 22 nafari og‘ir ahvolda. Dastlabki ma’lumotlar to‘silgan evakuatsiya yo‘llari fojia ko‘lamini oshirganini hozircha ko‘rsatmoqda.
2026-07-13T10:46+0500
2026-07-13T10:46+0500
2026-07-13T10:46+0500
yong‘in
tailand
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0d/59000745_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_a6eb59066bedad67dfeee6dc65c96ff6.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Tailanddagi bar yong‘inida 27 kishi halok bo‘ldi, yana 63 kishi shifoxonaga yotqizildi. Ularning 22 nafari og‘ir ahvolda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Hodisa 12-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:57 atrofida Bangkokning Chatuchak tumanidagi "Rong Beer Na Lat Phrao" ko‘ngilochar maskanida sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘chiruvchilar olovni taxminan yarim soat ichida nazoratga olgan.Muassasada chiqish qilayotgan musiqachi esa avval elektr paneli tomonidan tutun chiqqanini, keyin portlash ovozi eshitilib, elektr o‘chganini aytgan. Yong‘inning aniq sababi hali rasman tasdiqlanmagan.Nega qurbonlar soni ko‘p bo‘ldi?Olov binoning sahna va asosiy kirish qismida tez tarqalgan. Shu sabab ko‘plab tashrif buyuruvchilar binoning orqa tomonidagi oshxona va hojatxonalar joylashgan qismga qarab qochgan.Bangkok gubernatori Chadchart Sittipuntning ma’lum qilishicha, muassasada ikkita evakuatsiya chiqishi bo‘lgan. Oshxona yaqinidagi yo‘lni pivo qutilari, ikkinchi chiqishni esa stol to‘sib turgan. Bu odamlarning binodan tez chiqib ketishini qiyinlashtirgan.Bar Bangkokning gavjum qismida, savdo markazlari va xorijiy sayyohlar orasida mashhur Chatuchak bozori yaqinida joylashgan. Halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash ishlari davom etmoqda. Mazkur hodisa Tailanddagi so‘nggi yillarning eng yirik yong‘inlaridan biri bo‘ldi. 2009-yilda Bangkokdagi tungi klub yong‘inida 65 kishi, 2024-yilda maktab avtobusi yong‘in chiqishi oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260318/thailand-yth-ozbekistonlik-ayol-halok-56352290.html
tailand
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0d/59000745_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_4f031018df7a0fdbd86c076258c7e7fc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yong‘in, tailand, dunyo yangiliklari, dunyoda
yong‘in, tailand, dunyo yangiliklari, dunyoda
Chiqish yo‘lini pivo qutilari to‘sib turgan: Tailanddagi bar yong‘inida 27 kishi halok bo‘ldi
Yong‘in yarim soat atrofida nazoratga olingan, biroq odamlarning chiqib ketishiga pivo qutilari va stollar to‘sqinlik qilgan.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Tailanddagi bar yong‘inida 27 kishi halok bo‘ldi, yana 63 kishi shifoxonaga yotqizildi. Ularning 22 nafari og‘ir ahvolda. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Hodisa 12-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:57 atrofida Bangkokning Chatuchak tumanidagi "Rong Beer Na Lat Phrao" ko‘ngilochar maskanida sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘chiruvchilar olovni taxminan yarim soat ichida nazoratga olgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in sahna yaqinida boshlangan. Ma’muriyat shiftdagi konditsioner elektr tarmog‘ida qisqa tutashuv yuz bergan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Muassasada chiqish qilayotgan musiqachi esa avval elektr paneli tomonidan tutun chiqqanini, keyin portlash ovozi eshitilib, elektr o‘chganini aytgan. Yong‘inning aniq sababi hali rasman tasdiqlanmagan.
Nega qurbonlar soni ko‘p bo‘ldi?
Olov binoning sahna va asosiy kirish qismida tez tarqalgan. Shu sabab ko‘plab tashrif buyuruvchilar binoning orqa tomonidagi oshxona va hojatxonalar joylashgan qismga qarab qochgan.
Bangkok gubernatori Chadchart Sittipuntning ma’lum qilishicha, muassasada ikkita evakuatsiya chiqishi bo‘lgan. Oshxona yaqinidagi yo‘lni pivo qutilari, ikkinchi chiqishni esa stol to‘sib turgan. Bu odamlarning binodan tez chiqib ketishini qiyinlashtirgan.
Guvohlarning aytishicha, shiftda yonuvchan ovoz o‘tkazmaydigan materiallar ham bo‘lgan. Tergovchilar ular yong‘inning tez tarqalishiga ta’sir qilgan-qilmaganini tekshirmoqda.
Bar Bangkokning gavjum qismida, savdo markazlari va xorijiy sayyohlar orasida mashhur Chatuchak bozori yaqinida joylashgan. Halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash ishlari davom etmoqda.
Mazkur hodisa Tailanddagi so‘nggi yillarning eng yirik yong‘inlaridan biri bo‘ldi. 2009-yilda Bangkokdagi tungi klub yong‘inida 65 kishi, 2024-yilda maktab avtobusi yong‘in chiqishi oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan edi.