Mirziyoyev elektropoyezdda Toshkentdan Bekobod shahriga bordi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana pribil iz Tashkenta v Bekabad na novom elektropoyezde
Prezident Uzbekistana pribil iz Tashkenta v Bekabad na novom elektropoyezde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
Obuna bo‘lish
Prezidentning Bekobodga tashrifi doirasida transport infratuzilmasi va metallurgiya sohasidagi yangi loyihalar taqdim etildi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobodga tashrifi chog‘ida Toshkent–Bekobod yo‘nalishidagi yangi elektropoyezd imkoniyatlari bilan tanishdi va O‘zbekiston metallurgiya kombinatida Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Toshkentdan Bekobodga yangi elektropoyezdda keldi. Uzunligi 192 kilometr bo‘lgan yo‘nalish kuniga qariyb ming, yiliga esa 300 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan.
Olti vagonli elektropoyezd 586 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlanadi. Vagonlar konditsioner, yumshoq o‘rindiqlar, Wi-Fi, USB quvvatlash nuqtalari, videokuzatuv tizimi va elektron axborot tablolari bilan jihozlangan.
Nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun maxsus ko‘targichlar, velosipedlar uchun alohida joylar ham mavjud.
Shundan so‘ng davlat rahbari O‘zbekiston metallurgiya kombinatidagi yangi Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. U mamlakatda issiq prokatlangan po‘lat listlar ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi majmua hisoblanadi.
Yangi quvvatda yiliga 8 trillion so‘mlik 1 million tonna issiq prokatlangan po‘lat list ishlab chiqariladi. Toshkent va Samarqand metallurgiya zavodlarining prokat listlarga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qoplanishi hamda 1 ming 200 ta yuqori daromadli ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Kombinatni mahalliy xomashyo bilan ta’minlash maqsadida yaqin uch-to‘rt yilda "Tebinbuloq" konini ishga tushirib, yiliga 1 million tonna po‘lat ishlab chiqarish rejalashtirilgan. "Surun-ota" konidan esa yiliga 600 ming tonna temir xomashosi olinadi. Uni qayta ishlash uchun kombinatda 180 million dollarlik yangi metallurgiya zavodi quriladi.
Shuningdek, kelgusi uch yilda po‘lat sharlar ishlab chiqarish quvvati 250 ming tonnadan 500 ming tonnaga yetkaziladi.
Kombinat hududida "O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki" tashkil etilib, katta diametrli quvurlar, ko‘tarma kranlar va filtrlash uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha oltita loyiha boshlanadi. Ular doirasida yana 660 ta ish o‘rni yaratiladi.
"O‘zmetkombinat" ma’lumotiga ko‘ra, Quyuv-prokatlash majmuasi loyihasining umumiy qiymati 824 million dollarni tashkil etadi. Texnologik uskunalar Italiyaning Danieli kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan, qurilish ishlarida esa Turkiyaning Ronesans Avrasya kompaniyasi ishtirok etgan.
Prezident O‘zbekiston metallurgiya kombinatidagi yangi loyihalar bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Shavkat Mirziyoyev Bekobod tumaniga tashrif buyurdi
Yangiliklar lentasi
0