https://oz.sputniknews.uz/20260713/metall-aylanma-nazorat-59009771.html
Qora metall aylanmasini nazorat qiluvchi "E-lom" ishga tushadi
Qora metall aylanmasini nazorat qiluvchi "E-lom" ishga tushadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yiliga 500 ming tonna qora metallolom xufiyona aylanmada qolmoqda. 1-avgustdan "E-lom" platformasi ishga tushirilib, metall harakati real vaqtda nazorat qilinadi, mahsulotlarga raqamli pasport yuritiladi.
2026-07-13T15:46+0500
2026-07-13T15:46+0500
2026-07-13T15:46+0500
metallurgiya
iqtisod
o‘zbekiston
metallom
investitsiya
shavkat mirziyoyev
bekobod tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0d/59009587_0:239:2560:1679_1920x0_80_0_0_a6201ddddbd8642f3d1e1853365f2dc9.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, Bekobod metallurgiya kombinati metall prokatining 40 foizini ikkilamchi metall, qolgan 60 foizini esa import xomashosi hisobidan ishlab chiqarmoqda.Shu bois, 1-avgustdan "E-lom" elektron platformasi ishga tushiriladi. U orqali qora metall aylanmasi bilan bog‘liq barcha jarayonlar real vaqt rejimida nazorat qilinadi.Sohada sog‘lom raqobat va narx barqarorligini ta’minlash uchun Hukumatda alohida loyiha ofisi ham tashkil etiladi. U metall bozorini kunlik tahlil qilib, xomashyo va tayyor mahsulotga talab hamda taklifni o‘rganadi.Shuningdek, mahsulotning sifati, kelib chiqishi, fizik va kimoviy tarkibi aks ettiriladigan raqamli pasport joriy qilinadi.Xususiy korxonalarni xomashyo bilan barqaror ta’minlash uchun chetdan metall xomashosini markazlashgan holda olib keladigan alohida kompaniya tashkil etiladi. Unga 200 million dollar ajratilib, import xomashosi faqat birja orqali sotiladi.Prezident buning uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260119/uzmetkombinat-yangi-majmua-54969383.html
o‘zbekiston
bekobod tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0d/59009587_0:0:2276:1706_1920x0_80_0_0_388c8a3d626ae9138528c424fa3fdf62.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
metallurgiya, iqtisod, o‘zbekiston, metallom, investitsiya, shavkat mirziyoyev, bekobod tumani
metallurgiya, iqtisod, o‘zbekiston, metallom, investitsiya, shavkat mirziyoyev, bekobod tumani
Qora metall aylanmasini nazorat qiluvchi "E-lom" ishga tushadi
Yangi tizim qora metall harakatini real vaqtda kuzatish, mahsulotning kelib chiqishi va tarkibi bo‘yicha raqamli pasport yuritish imkonini beradi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Bekobod metallurgiya kombinati metall prokatining 40 foizini ikkilamchi metall, qolgan 60 foizini esa import xomashosi hisobidan ishlab chiqarmoqda.
Respublika bo‘yicha har yili 700 ming tonna qora metallolom kombinatga topshirilsa-da, yana 500 ming tonna metallolom xufiyona aylanmada qolmoqda.
Shu bois, 1-avgustdan "E-lom" elektron platformasi ishga tushiriladi. U orqali qora metall aylanmasi bilan bog‘liq barcha jarayonlar real vaqt rejimida nazorat qilinadi.
Sohada sog‘lom raqobat va narx barqarorligini ta’minlash uchun Hukumatda alohida loyiha ofisi ham tashkil etiladi. U metall bozorini kunlik tahlil qilib, xomashyo va tayyor mahsulotga talab hamda taklifni o‘rganadi.
Shuningdek, mahsulotning sifati, kelib chiqishi, fizik va kimoviy tarkibi aks ettiriladigan raqamli pasport joriy qilinadi.
Xususiy korxonalarni xomashyo bilan barqaror ta’minlash uchun chetdan metall xomashosini markazlashgan holda olib keladigan alohida kompaniya tashkil etiladi. Unga 200 million dollar ajratilib, import xomashosi faqat birja orqali sotiladi.
Bekobod metallurgiya kombinati xomashyo bazasini kengaytirish maqsadida Forish tumanida 32 million tonna temir resursiga ega "Temirkon" konini o‘zlashtirish tashabbusini bildirgan.
Prezident buning uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.