Qaysi hududda shahar va qishloq aholisi eng ko‘p — infografika

Obuna bo‘lish
Toshkent shahrini hisobga olmaganda, shahar aholisi eng ko‘p hudud — Farg‘ona viloyati, qishloq aholisi bo‘yicha esa Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 15-yanvar holatiga O‘zbekiston doimiy aholisining 21,3 million nafari yoki 54,5 foizi shaharlarda yashaydi. Qishloq aholisi soni esa 17,8 million kishini yoki jami aholining 45,5 foizini tashkil etadi.
Toshkent shahri aholisi 3 million 224 ming 838 kishiga yetgan. Poytaxt respublikada shahar aholisi eng ko‘p bo‘lgan hudud hisoblanadi.
Viloyatlar orasida shahar aholisi soni bo‘yicha Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda — 2,382 million kishi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 2,209 million va Namangan viloyati — 2,084 million kishi bilan qayd etilgan.
Qishloq aholisi eng ko‘p Samarqand viloyatida — 2,647 million kishi. Undan keyin Qashqadaryo — 1,959 million kishi bilan joylashgan.
Shahar va qishloq aholisining hududlar bo‘yicha taqsimoti — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0