Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Odessa va Chernomorsk portlaridagi harbiy obyektlarga zarba berdi

© Sputnik / Ministry of Defence of the Russian FederationMassirovanniy udar po obyektam infrastrukturi IG (terroristicheskaya organizatsiya, zapreshennaya v Rossii) v Sirii
Massirovanniy udar po obyektam infrastrukturi IG (terroristicheskaya organizatsiya, zapreshennaya v Rossii) v Sirii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, zarbalar port obyektlari, ikkita quruq yuk kemasi, dengiz paromi va patrul kateriga berildi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari 12-iyulga o‘tar kechasi Odessa va Chernomorsk portlaridagi obyektlarga yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar hamda zarba beruvchi dronlar bilan guruhli zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Odessa portida harbiy yuklarni tushirish va saqlash uchun foydalanilgan infratuzilma obyektlari hamda "Odtrans" transport kompaniyasining logistika markaziga zarba berildi.
Chernomorsk portida esa harbiy yuklarni qabul qilish va saqlashga mo‘ljallangan qayta yuklash markazi, shuningdek, yoqilg‘i-moylash materiallari saqlangan rezervuarlar nishonga olindi.
Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari uchun yuk yetkazib bergan ikkita quruq yuk kemasi, dengiz paromi va ularni qo‘riqlagan patrul kateriga zarba berildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalardan maqsad Qora dengiz hududida Ukrainaga qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar yetkazib berish imkoniyatlarini kamaytirish bo‘lganini bildirdi.
Kadri udarov po jeleznodorojnoy infrastrukture v tilu protivnika v gorode Snovsk  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari Chernigov viloyatida UQKning temir yo‘l lokomotivini yakson qildi
Yangiliklar lentasi
0