Issiq kunlar oldidan elektr ta’minoti kuchaytirildi — ayrim rahbarlar lavozimidan ketdi

© Ministerstvo energetikiV jarkie dni v Uzbekistane usilyat podachu elektroenergii
V jarkie dni v Uzbekistane usilyat podachu elektroenergii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2026
Obuna bo‘lish
Kutilayotgan issiq kunlarda elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash uchun energetika obyektlari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkaziladi, ayrim rahbarlar esa ishdan olindi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda kutilayotgan issiq kunlarda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha energetika obyektlari 24 soatlik kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkaziladi.
Bu haqda Energetika vazirligida o‘tkazilgan Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Prognozlarga ko‘ra, issiq kunlarda respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli 280 mln kVt·soatga, maksimal yuklama esa 13–13,3 GVtgacha yetishi mumkin.
Shu munosabat bilan elektr tarmoqlari va podstansiyalarning barqaror ishlashini ta’minlash, avariya brigadalari shayligini oshirish, rejali ta’mirlash ishlarini tezlashtirish va profilaktik nazoratni kuchaytirish topshirildi.
Toshkent shahridagi ayrim podstansiyalarda yuz bergan nosozliklar va elektr uzilishlari tanqidiy muhokama qilindi. Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim rahbarlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, yuqori harorat vaqtida suyultirilgan gazni ortish-tushirish ishlarini vaqtincha to‘xtatish, energetika va yoqilg‘i obyektlarida yong‘in hamda sanoat xavfsizligi bo‘yicha nazorat reydlarini kuchaytirish belgilandi.
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2026
Energiya tejash maqsadida iste’molchilarning elektr va gazini o‘chirish taqiqlanadi
Yangiliklar lentasi
0