Toshkentda xalqaro universitetlar shaharchasi tashkil etiladi

© RIA Novosti / Vitaliy BelousovStudenti v uchebnoy auditorii
Studenti v uchebnoy auditorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2026
Obuna bo‘lish
Buning uchun soliq imtiyozlari, grantlar va royalti to‘lovlarini qoplash ko‘zda tutilmoqda.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Yetakchi xorijiy oliygohlar joylashadigan Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasitashkil etiladi. Bunday taklif prezident Shavkat Mirziyoyev nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan takliflar taqdimotida bildirildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunda Qatardagi “Education City”, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Dubay xalqaro akademik shahri va Janubiy Koreyadagi Inchxon global kampusi tajribasidan foydalanish taklif qilindi.
Universitetlar shaharchasida nufuzli xorijiy oliygohlar filiallarini jalb qilish, kampuslar va talabalar turar joylarini barpo etish, litsenziya talablarini soddalashtirish, grant va stipendiyalar ajratish, bojxona va soliq imtiyozlarini qo‘llash, shuningdek, royalti to‘lovlarining bir qismini qoplab berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.
Asosiy maqsad O‘zbekistonni xalqaro ta’lim dasturlari va standartlari keng joriy etilgan, mintaqadagi yetakchi ta’lim markaziga aylantirish ekani ta’kidlandi.
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar qabul qilish boshlandi
Yangiliklar lentasi
0