O‘zbekiston YaIM 2026-2028 yillarda qanday o‘sadi – YeOTB prognozi

Obuna bo‘lish
2027 yilda mamlakat iqtisodiyoti 6,9 foizga, 2028-yilda esa 6,5 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) 2026-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) o‘sishi 7,9 foizga tezlashishini prognoz qilmoqda.
Bank tahlilchilarining fikricha, bu 2021-yildagi pandemiyadan keyingi tiklanishni hisobga olmaganda, so‘nggi o‘n yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ladi. 2027-yilda iqtisodiyot 6,9 foizga, 2028-yilda esa 6,5 foizga o‘sishi kutilmoqda.
O‘sishning asosiy drayverlari yuqori ichki talab, investitsion faollikning tezlashishi, sanoat va qurilishda ishlab chiqarish hajmlarining oshishi bo‘ladi. YeOTB prognoziga ko‘ra, keyingi ikki yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qoladi.
2026 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti yillik hisobda 8,7 foizga oshdi. Iqtisodiy o‘sishga xizmat ko‘rsatish sohasi, sanoat va qurilish eng katta hissa qo‘shdi.
Yangiliklar lentasi
0