https://oz.sputniknews.uz/20260709/imom-al-buxoriy-konferentsiya-mukofot-taklif-58939941.html
Imom al-Buxoriy merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya va mukofot ta’sis etish taklif qilindi
Imom al-Buxoriy merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya va mukofot ta’sis etish taklif qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda ICESCO rahbari Imom al-Buxoriy merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazish va hadisshunoslik sohasida mukofot ta’sis etishni taklif qildi. Forumda 40 dan ortiq davlat olimlari ishtirok etmoqda.
2026-07-09T18:47+0500
2026-07-09T18:47+0500
2026-07-09T18:47+0500
anjuman
imom buxoriy
samarqand
qirg‘iziston
malayziya
yaman
islom dini
rossiya
madaniyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/09/58939718_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_5dee01b630d84342111c400c0b9e84c5.jpg
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Samarqandda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Tadbirda 40 tadan ortiq davlatdan 100 nafardan ziyod olim va ekspert ishtirok etmoqda. Ular Imom al-Buxoriyning ilmiy merosi, “Sahih al-Buxoriy” asarining islom olamidagi o‘rni va ushbu asarga bag‘ishlangan zamonaviy tadqiqotlarni muhokama qilmoqda.Konferensiyada turli mamlakatlar kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo‘lozmalar, ularni saqlash va raqamlashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qadimiy qo‘lozmalarni o‘rganish va raqamlashtirish bo‘yicha o‘z loyihalarini taqdim etadi.Samarqandda so‘zga chiqqan Islom dunyosining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti — ICESCO bosh direktori Salim al-Malik Imom al-Buxoriyning jahon ilm-fani va hadis ilmi rivojidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.Salim al-Malik har yili turli mamlakatlarda hadisshunoslik bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishni taklif qildi. Shuningdek, u hadisshunoslik va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun maxsus mukofot ta’sis etish tashabbusini ilgari surdi.Forum doirasida Samarqandda Imom Moturidiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy tadqiqotlar tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi. Tanlovga o‘nga yaqin davlat, jumladan, Rossiya olimlarining ishlari taqdim etilgan.Hakamlar hay’ati tadqiqotlarning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini baholadi. Birinchi o‘rin qirg‘izistonlik olim Shohimardon O‘rinbekovga berildi. Sovrindorlar orasida Yaman va Malayziya tadqiqotchilari ham bor.G‘oliblarga diplomlar, gadjetlar va O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga sayohat qilish uchun sertifikatlar topshirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260708/islom-tsivilizatsiya-forum-deklaratsiya-58911442.html
qirg‘iziston
malayziya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/09/58939718_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_7f703b42318805d6c26907e6d8ad0372.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
anjuman, imom buxoriy, samarqand, qirg‘iziston, malayziya, yaman, islom dini, rossiya, madaniyat, o‘zbekiston
anjuman, imom buxoriy, samarqand, qirg‘iziston, malayziya, yaman, islom dini, rossiya, madaniyat, o‘zbekiston
Imom al-Buxoriy merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya va mukofot ta’sis etish taklif qilindi
ICESCO bosh direktori Salim al-Malik har yili Imom al-Buxoriy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazish va hadisshunoslik bo‘yicha maxsus mukofot ta’sis etishni taklif qildi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Samarqandda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbirda 40 tadan ortiq davlatdan 100 nafardan ziyod olim va ekspert ishtirok etmoqda. Ular Imom al-Buxoriyning ilmiy merosi, “Sahih al-Buxoriy” asarining islom olamidagi o‘rni va ushbu asarga bag‘ishlangan zamonaviy tadqiqotlarni muhokama qilmoqda.
Konferensiyada turli mamlakatlar kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo‘lozmalar, ularni saqlash va raqamlashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qadimiy qo‘lozmalarni o‘rganish va raqamlashtirish bo‘yicha o‘z loyihalarini taqdim etadi.
Samarqandda so‘zga chiqqan Islom dunyosining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti — ICESCO bosh direktori Salim al-Malik Imom al-Buxoriyning jahon ilm-fani va hadis ilmi rivojidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.
“Imom al-Buxoriy merosi haqiqiy ilmiy yondashuv namunasi sifatida musulmonlar va butun insoniyat uchun qadrlidir”, — dedi u.
Salim al-Malik har yili turli mamlakatlarda hadisshunoslik bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishni taklif qildi. Shuningdek, u hadisshunoslik va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun maxsus mukofot ta’sis etish tashabbusini ilgari surdi.
Forum doirasida Samarqandda Imom Moturidiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy tadqiqotlar tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi. Tanlovga o‘nga yaqin davlat, jumladan, Rossiya olimlarining ishlari taqdim etilgan.
Hakamlar hay’ati tadqiqotlarning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini baholadi. Birinchi o‘rin qirg‘izistonlik olim Shohimardon O‘rinbekovga berildi. Sovrindorlar orasida Yaman va Malayziya tadqiqotchilari ham bor.
G‘oliblarga diplomlar, gadjetlar va O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga sayohat qilish uchun sertifikatlar topshirildi.
Ma’lumot uchun, ICESCO — Islom dunyosining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti bo‘lib, ta’lim, ilm-fan, madaniyat va merosni asrash sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi.