O‘zbekiston zaxiralaridagi oltin qiymati pasaydi — rezervlar 6,8 mlrd dollarga qisqardi

Obuna bo‘lish
1 iyul holatiga O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 63,76 mlrd dollarni tashkil etdi. Bir oyda ko‘rsatkich 6,8 mlrd dollarga kamaydi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 63,76 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bu 1-iyun holatiga nisbatan 6,8 mlrd dollarga kam. Zaxiralar pasayishiga asosan jahon bozorida oltin narxining arzonlashishi ta’sir ko‘rsatgan.
Zaxiralar tarkibidagi oltin qiymati 61,4 mlrd dollardan 55,75 mlrd dollarga tushdi. Shu bilan birga, oltinning jismoniy hajmi 13,6 mln troy unsiyadan 13,88 mln troy unsiyaga oshgan.
Hozirda umumiy xalqaro zaxiralarning qariyb 87,4 foizini oltin tashkil etmoqda. Qolgan qismi xorijiy valyuta zaxiralari va boshqa rezerv aktivlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida
Yangiliklar lentasi
0