Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Besh oyda O‘zbekistonning YeOII bilan savdo aylanmasi qariyb 9 mlrd dollarga yetdi

Obuna bo‘lish
2026 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan savdo aylanmasi 8,96 mlrd dollarni tashkil etdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 32,8 mlrd dollarni tashkil etdi.
Shundan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari bilan savdo aylanmasi 8,96 mlrd dollarga yetdi. Bu O‘zbekiston umumiy tashqi savdosining qariyb 27,3 foiziga teng.
Hisobot davrida O‘zbekiston eksporti 12,6 mlrd dollarni tashkil qildi. YeOII davlatlariga eksport hajmi esa 2,9 mlrd dollarga yetdi.
Import hajmi 20,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan 6,07 mlrd dollari YeOII davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Mazkur davrda O‘zbekiston jahonning 185 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0