https://oz.sputniknews.uz/20260708/samarkand-suv-tejash-forum-un-maqom-58909337.html
Samarqandda o‘tadigan suv tejash bo‘yicha Butunjahon forumiga BMT maqomi beriladi
Samarqandda o‘tadigan suv tejash bo‘yicha Butunjahon forumiga BMT maqomi beriladi
Sputnik O‘zbekiston
BMT Samarqanddagi suv tejash bo‘yicha Butunjahon forumiga maqom berish va uni global doimiy platformaga aylantirish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Tadbirni yuqori darajada tashkil etishda O‘zbekistonga ko‘mak ko‘rsatiladi.
2026-07-08T18:21+0500
2026-07-08T18:21+0500
2026-07-08T18:21+0500
suv
ekologiya
bmt
xavfsizlik
o‘zbekiston
forum
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/08/58909157_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_fa3d99d8c00bc1c87325765a8b60f2fb.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Nyu-Yorkda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh kotibining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Li Szunxua bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi matbuot xizmati xabar berdi.Muloqotda suv xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida O‘zbekiston bilan sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi.Shuningdek, u forumni global miqyosdagi doimiy platformaga aylantirish g‘oyasini ma’qullab, BMT tomoni mazkur tadbirni yuqori darajada tashkil etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishini bildirdi.Samarqanddagi forum suv tejash texnologiyalari, suv xavfsizligi, innovatsion yechimlar va barqaror rivojlanish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.BMT maqomi forumning xalqaro nufuzini oshirishi, unga ko‘proq davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar va donor institutlarini jalb etish imkonini berishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260630/adb-uzbekistan-suv-xojalik-islohotlar-baho-58696525.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/08/58909157_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_2a5afa1843fafa446053836317a24ba2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
suv, ekologiya , bmt, xavfsizlik, o‘zbekiston, forum, samarqand
suv, ekologiya , bmt, xavfsizlik, o‘zbekiston, forum, samarqand
Samarqandda o‘tadigan suv tejash bo‘yicha Butunjahon forumiga BMT maqomi beriladi
BMT Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan suv tejash bo‘yicha Butunjahon forumiga maqom berish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Nyu-Yorkda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh kotibining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Li Szunxua bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqotda suv xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida O‘zbekiston bilan sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Li Szunxua O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbus — Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan suv tejash bo‘yicha Butunjahon forumiga BMT maqomini berish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Shuningdek, u forumni global miqyosdagi doimiy platformaga aylantirish g‘oyasini ma’qullab, BMT tomoni mazkur tadbirni yuqori darajada tashkil etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishini bildirdi.
Samarqanddagi forum suv tejash texnologiyalari, suv xavfsizligi, innovatsion yechimlar va barqaror rivojlanish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
BMT maqomi forumning xalqaro nufuzini oshirishi, unga ko‘proq davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar va donor institutlarini jalb etish imkonini berishi kutilmoqda.