Palov indeksi: osh tayyorlash eng qimmat va eng arzon hududlar ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Hisob-kitobga ko‘ra, Toshkentda 1 kilo palov tayyorlash Qoraqalpog‘istonga nisbatan taxminan 20 foiz qimmatroqqa tushadi.
Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yil iyun oyi uchun O‘zbekiston hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushishini hisoblab chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, palov uchun zarur mahsulotlarning eng yuqori qiymati Toshkent shahrida qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilgan.
Palov qiymatini aniqlashda kungaboqar yog‘i, piyoz, mol go‘shti, sabzi, guruch, no‘xat, zira va osh tuzi kabi asosiy mahsulotlarning o‘rtacha narxlari inobatga olingan.
Qo‘mitaning ta’kidlashicha, bu raqamlar hududlarda sotilayotgan tayyor palov narxini emas, balki uni tayyorlash uchun zarur mahsulotlarning hisoblangan o‘rtacha qiymatini ifodalaydi.
Hududlar kesimida palov tayyorlash qiymati bilan Sputnik O‘zbekiston infografikasida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0