https://oz.sputniknews.uz/20260706/russia-innoprom-namoyish-58860775.html
Tezurar poyezd, samolyot, kema va avtomobillar: Rossiya "Innoprom"da nimalarni namoyish etdi
Tezurar poyezd, samolyot, kema va avtomobillar: Rossiya "Innoprom"da nimalarni namoyish etdi
Sputnik O‘zbekiston
Yekaterinburgdagi “Innoprom-2026” ko‘rgazmasida tezurar poyezd modeli, yangi samolyotlar, fuqarolik dronlari uchun dvigatellar, robotlashtirilgan texnika, elektromobillar va krossoverlar namoyish etildi.
2026-07-06T16:51+0500
2026-07-06T16:51+0500
2026-07-06T17:00+0500
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
o‘zbekiston
ko‘rgazma
rossiya
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/06/58860556_0:66:3406:1982_1920x0_80_0_0_cab2245e47916dc91386c363cbd74785.jpg
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Yekaterinburgda 6–9 iyul kunlari “Innoprom-2026” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi ko‘rgazmaning asosiy mavzusi: “Sanoat 360: chegaralarsiz ishlab chiqarish”. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Ko‘rgazmada Rossiyaning “Sinara” guruhi stendida yuqori tezlikdagi temir yo‘l magistrali uchun mo‘ljallangan tezurar poyezd modeli taqdim etildi. Aviatsiya sohasida “Rostex” fuqarolik uchuvchisiz uchish apparatlari uchun APD-13 porshenli dvigatelini va kichik aviatsiya uchun M105 quvvat qurilmasini taqdim etdi. APD-13 fuqarolik dronlarining 3 ming metrgacha balandlikda parvoz qilishi uchun mo‘ljallangan.Shuningdek, sanoat obyektlarini tezkor monitoring qilish va xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan “Delta-T-M” uchuvchisiz uchish apparati ilk bor namoyish etildi. U yirik sanoat korxonalari, kon-boyitish kombinatlari, neft-gaz va energetika obyektlarida qo‘llanishi mumkin.Robototexnika yo‘nalishida esa inson ishtirokisiz xavfli hududlarda ishlay oladigan masofadan boshqariladigan beton maydalagich taqdim etildi. Ishlab chiquvchilarga ko‘ra, qurilma hatto zinapoyadan ko‘tarila oladi.Kaluga viloyati stendida sobiq "Volkswagen" zavodida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan "Tenet T9" krossoveri, Tula viloyati ekspozitsiyasida esa "Great Wall Motor" kompaniyasi ishlab chiqargan "Haval H7" yo‘ltanlamasi namoyish etildi.Aviatsiya bo‘yicha ham bir necha rejalar ma’lum qilindi. Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi rahbari Vadim Badexaga ko‘ra, yangilangan Tu-214 samolyotlarining dastlabkilari davlat buyurtmachilariga yetkazilmoqda. Birinchi partiya 11 ta samolyotdan iborat bo‘lishi aytildi.Rosaviatsiya rahbari Dmitriy Yadrov 9 o‘rinli “Baykal” mintaqaviy samolyotini sertifikatlash 2027-yilning uchinchi choragida, 19 yo‘lovchiga mo‘ljallangan Rossiya–Belarus “Osvey” samolyotini sertifikatlash esa 2029-yilda rejalashtirilayotganini bildirdi.Ko‘rgazmada xalqaro ishtirok ham keng. Indoneziya bu yil “Innoprom-2026”ning hamkor mamlakati maqomini olgan. Shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus milliy ekspozitsiyalarini taqdim etmoqda. Xorijiy ishtirokchilar orasida Vyetnam, Hindiston va Xitoy kompaniyalari ham bor.
https://oz.sputniknews.uz/20260301/tver-temir-yol-zavod-qurilish-56039724.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/06/58860556_338:0:3069:2048_1920x0_80_0_0_949c726cf4e533ac25b4d268b0283fd8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi, o‘zbekiston, ko‘rgazma, rossiya, dunyoda, dunyo yangiliklari
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi, o‘zbekiston, ko‘rgazma, rossiya, dunyoda, dunyo yangiliklari
Tezurar poyezd, samolyot, kema va avtomobillar: Rossiya "Innoprom"da nimalarni namoyish etdi
16:51 06.07.2026 (yangilandi: 17:00 06.07.2026) Ko‘rgazmada O‘zbekiston ham milliy ekspozitsiyasi bilan ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Yekaterinburgda 6–9 iyul kunlari “Innoprom-2026” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi ko‘rgazmaning asosiy mavzusi: “Sanoat 360: chegaralarsiz ishlab chiqarish”. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Ko‘rgazmada Rossiyaning “Sinara” guruhi stendida yuqori tezlikdagi temir yo‘l magistrali uchun mo‘ljallangan tezurar poyezd modeli taqdim etildi.
Harakatlanuvchi tarkib “Ural lokomotivlari” zavodida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Loyiha kooperatsiyasiga Rossiyaning 36 ta hududidan 150 tadan ortiq butlovchi qism ishlab chiqaruvchilari jalb etilgan.
Aviatsiya sohasida “Rostex” fuqarolik uchuvchisiz uchish apparatlari uchun APD-13 porshenli dvigatelini va kichik aviatsiya uchun M105 quvvat qurilmasini taqdim etdi. APD-13 fuqarolik dronlarining 3 ming metrgacha balandlikda parvoz qilishi uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, sanoat obyektlarini tezkor monitoring qilish va xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan “Delta-T-M” uchuvchisiz uchish apparati ilk bor namoyish etildi. U yirik sanoat korxonalari, kon-boyitish kombinatlari, neft-gaz va energetika obyektlarida qo‘llanishi mumkin.
Robototexnika yo‘nalishida esa inson ishtirokisiz xavfli hududlarda ishlay oladigan masofadan boshqariladigan beton maydalagich taqdim etildi. Ishlab chiquvchilarga ko‘ra, qurilma hatto zinapoyadan ko‘tarila oladi.
Avtomobilsozlik qismida ham bir qator yangi modellar namoyish qilindi. "Evolute" yangi "i-Sky" elektr krossoverini, “AvtoVAZ” "Lada Iskra" va ishlab chiqarish oldidan tayyorlangan "Lada Azimut" modellarini ko‘rsatdi. “Moskvich” M70 krossoverini, “Kama” kompaniyasi esa Moskvadagi zavodda yig‘ilayotgan “Atom” elektromobilini taqdim etmoqda.
Kaluga viloyati stendida sobiq "Volkswagen" zavodida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan "Tenet T9" krossoveri, Tula viloyati ekspozitsiyasida esa "Great Wall Motor" kompaniyasi ishlab chiqargan "Haval H7" yo‘ltanlamasi namoyish etildi.
Aviatsiya bo‘yicha ham bir necha rejalar ma’lum qilindi. Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi rahbari Vadim Badexaga ko‘ra, yangilangan Tu-214 samolyotlarining dastlabkilari davlat buyurtmachilariga yetkazilmoqda. Birinchi partiya 11 ta samolyotdan iborat bo‘lishi aytildi.
Rosaviatsiya rahbari Dmitriy Yadrov 9 o‘rinli “Baykal” mintaqaviy samolyotini sertifikatlash 2027-yilning uchinchi choragida, 19 yo‘lovchiga mo‘ljallangan Rossiya–Belarus “Osvey” samolyotini sertifikatlash esa 2029-yilda rejalashtirilayotganini bildirdi.
Kema qurilishi sohasida Rossiyada 2025-yil va 2026-yilning birinchi yarmida 150 tadan ortiq turli kema topshirilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, suyultirilgan gaz tashish uchun to‘liq Rossiyada ishlab chiqiladigan tanker loyihalash ishlari boshlangani aytildi.
Ko‘rgazmada xalqaro ishtirok ham keng. Indoneziya bu yil “Innoprom-2026”ning hamkor mamlakati maqomini olgan. Shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus milliy ekspozitsiyalarini taqdim etmoqda. Xorijiy ishtirokchilar orasida Vyetnam, Hindiston va Xitoy kompaniyalari ham bor.