Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII muhim hamkorlik platformasi bo‘lib qolmoqda — bosh vazirlar ittifoq imkoniyatlari haqida

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishMejdunarodnaya vistavka "Innoprom" v Yekaterinburge
Mejdunarodnaya vistavka Innoprom v Yekaterinburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2026
Obuna bo‘lish
“Innoprom-2026”da YeOII mamlakatlari bosh vazirlari sanoat kooperatsiyasi, texnologiyalar transferi va qo‘shma ishlab chiqarishlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Armaniston Rossiya bilan munosabatlarni rivojlantirish va YeOIIda ishtirok etishdan manfaatdor. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yekaterinburgda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Pashinyanning aytishicha, uchrashuv ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi barcha yo‘nalishlarni muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyatdir.
“So‘nggi paytlarda ba’zi muammoli masalalar paydo bo‘ldi. Umid qilamanki, biz bu masalalarni muhokama qilamiz va hal qilamiz. <...> biz Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarimizni yanada rivojlantirishga intilamiz. Albatta, biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida ishtirok etishdan manfaatdormiz”, — dedi Pashinyan.
Mishustin va Pashinyan “Innoprom-2026” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida o‘tayotgan “Sanoat 360. Chegarasiz ishlab chiqarish” yalpi majlisida ham ishtirok etdi. Unda YeOII mamlakatlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, texnologik hamkorlik va qo‘shma ishlab chiqarish zanjirlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchin YeOII bo‘yicha hamkorlar hududida o‘z texnologiyalarini joriy etish va zamonaviy ish o‘rinlari yaratishga tayyorligini bildirdi.
“Chegarasiz ishlab chiqarish doirasida Belarus o‘z texnologiyalari transferini va hamkorlarimiz hududida zamonaviy ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlashga tayyor”, — dedi Turchin.
Uning fikricha, YeOII mamlakatlarining sanoat quvvatlari, xomashyo bazasi va intellektual salohiyatini birlashtirish katta imkoniyatlar yaratadi. Turchin to‘liq ishlab chiqarish sikli va “chegarasiz ishlab chiqarish” modeli sanksiya cheklovlari va kuchli raqobat sharoitida dolzarb ekanini ta’kidladi.
Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov YeOII mamlakatlari bilan hamkorlik respublika uchun muhim platforma bo‘lib qolayotganini aytdi.
Uning ma’lum qilishicha, 2025-yilda Qozog‘istonning YeOII davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi qariyb 31 mlrd dollarga yetgan.
Qirg‘iziston bosh vaziri Adilbek Kasimaliyev esa 2025-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatining YeOII davlatlari bilan o‘zaro savdosi 7,7 foizga oshib, 6 milliard dollarga yetganini bildirdi.
U bu ko‘rsatkichlar iqtisodiy integratsiya darajasi yuqori ekani va sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatishini aytdi.
Kasimaliyevning so‘zlariga ko‘ra, YeOII mamlakatlarining texnologik, ishlab chiqarish va kadrlar salohiyatini birlashtirish ichki bozorda ham, tashqi bozorlarda ham raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Godovoe sobranie i biznes-forum Yevraziyskogo banka razvitiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va EOII davlatlari qo‘shma loyihalari portfeli 50 mlrd dollardan oshdi
Yangiliklar lentasi
0