Amudaryo orqali dronda giyohvand modda olib o‘tishga urinish to‘xtatildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSev risa pri pomoshi dronov v Krasnodarskom krae
Sev risa pri pomoshi dronov v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2026
Obuna bo‘lish
Surxondaryoda Amudaryo orqali dron yordamida O‘zbekiston hududiga giyohvand modda olib o‘tishga urinish fosh etildi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyatida giyohvandlik vositalarini dron yordamida O‘zbekiston hududiga olib o‘tishga urinishning oldi olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari hamda ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi.
Aniqlanishicha, afg‘onistonlik noma’lum shaxslar Amudaryo orqali giyohvandlik vositalarini uchuvchisiz uchish apparati yordamida O‘zbekiston hududiga o‘tkazishga uringan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu noqonuniy harakat o‘z vaqtida fosh etildi. Dron qurilmasiga mahkamlangan 2 kg 32 gramm “opiy” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
SGB: Presechena popitka vvoza pochti 600 kg narkotikov iz Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2026
Ekskavator ichiga yashirilgan qariyb 600 kg narkotik to‘xtatib qolindi
Yangiliklar lentasi
0