Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi – foto

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, haykalning ochilishi O‘zbekiston bilan Gruziya o‘rtasidagi madaniy aloqalar tarixida yana bir muhim voqea bo‘ldi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Tbilisi shahrida shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Tbilisi shahrida Alisher Navoiy haykalining ochilishi O‘zbekiston bilan Gruziya o‘rtasidagi madaniy aloqalar tarixida yana bir muhim voqea bo‘ldi. Xalqlarimizni azaldan savdo yo‘llari, do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalari bog‘lab kelgan, bir-birimizning boy madaniy merosimizga qiziqishimiz katta”, - deyilgan xabarda.

1/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

2/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

3/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

4/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
4/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Gruziya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Tbilisi shahrida O‘zbekiston madaniyati va kinosi kunlari, Toshkent shahrida esa Gruziya madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biri gruzin shoiri Shota Rustaveli nomi bilan atalgan, gruzin mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasiga haykal o‘rnatilgan. O‘z navbatida, joriy yilda Tbilisi markaziy bog‘laridan biriga Alisher Navoiy nomi berildi.

1/2
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

2/2
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/2
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/2
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Navoiy haykali Moskva, Dushanbe, Ostona, Tokio, Minsk, Shanxay, Seul, Boku, Anqara va O‘sh shaharlarida o‘rnatilgan.
