Ko‘mir, gaz va neft ishlab chiqarilishi kamaymoqda – infografika

Obuna bo‘lish
Ko‘mir qazib olish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36 foizga kamaydi.
O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-may oylarida tabiiy gaz, neft, ko‘mir va gaz kondensati qazib olish hajmi pasayishda davom etdi. Bundan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Besh oy davomida gaz qazib olish hajmi 15,8 mlrd kubometrni tashkil etdi – bu 2025-yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 14,1 foizga kam.
Yanvar-may oylarida ko‘mir qazib olish hajmi 1,6 mln tonnani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36,0 foizga kamaydi.
Shuningdek, neft ishlab chiqarish, gaz kondensati qazib olish hajmi ham qisqargan.
Batafsil – Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0