Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda lak-bo‘yoq materiallarini ishlab chiqarishda yangi qoidalar joriy etiladi

© Sputnik / Aleksandr KrajevLiniya fasovki kraski na lakokrasochnom zavode "Raduga" v Novosibirske.
Liniya fasovki kraski na lakokrasochnom zavode Raduga v Novosibirske.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2026
Obuna bo‘lish
Reglament besh mamlakat uchun yagona shaklda guvohnoma berish bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shaklidagi muvofiqlikni baholash tartibi belgilaydi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi “Lak-bo‘yoq materiallarining xavfsizligi to‘g‘risidagi" texnik reglamentni qabul qildi. Hujjat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hududida ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish qoidalarini belgilaydi.
Tushuntirilishicha, hujjat lak-bo‘yoq materiallari, ularning markirovkalanishi va qadoqlanishi hamda xavfsizlik pasportining yagona majburiy talablarini belgilaydi.
Reglament YeOIIning bojxona hududida identifikatsiya qilish va muomalaga chiqarish qoidalari, besh mamlakat uchun yagona shaklda guvohnoma berish bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shaklidagi muvofiqlikni baholash tartibi belgilaydi.
Lak-bo‘yoq materiallari mahsulotlarning keng ro‘yxatini o‘z ichiga oladi: bo‘yoqlar, laklar, grunt, suv dispersiyali, ko‘p tarkibli, kukunli materiallar, emal, yog‘ochni himoya qilish vositalari, yong‘inga qarshi vositalar, bezakli suvoqlar, alif moylar va boshqalar.
Texnik reglament 2028-yil 1-yanvardan Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Rossiya, Qirg‘izistonda esa 2032-yil 1-yanvardan qo‘llaniladi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Ministr po ekonomike i finansovoy politike YeEK Baxit Sultanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeIK va BMT komissiyasi hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0