O‘zbekiston va BMT terrorizmga qarshi yangi “yo‘l xaritasi”ni imzoladi

© Informatsionnoe agentstvo DunyoUzbekistan i OON podpisali novuyu "dorojnuyu kartu" po borbe s terrorizmom
Uzbekistan i OON podpisali novuyu dorojnuyu kartu po borbe s terrorizmom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
Obuna bo‘lish
Hujjat O‘zbekistonga terrorizmga qarshi kurash sohasida ekspert va texnik ko‘mak ko‘rsatishni nazarda tutadi
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi o‘rtasida 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha yangi “yo‘l xaritasi” imzolandi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Hujjat O‘zbekistonga terrorizmga qarshi kurash sohasida keng ko‘lamli ekspert va texnik ko‘mak ko‘rsatishni nazarda tutadi.
“Yo‘l xaritasi” BMTning Terrorizmga qarshi kurash haftaligi doirasida imzolandi. Hujjat imzolangan uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasiga DXX raisining birinchi o‘rinbosari Botir Tursunov, BMT tomoniga esa bosh kotib o‘rinbosari, BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Zuyev boshchilik qildi.
Shuningdek, uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va BMT o‘rtasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari malakasini oshirish, terrorchilar tomonidan yangi texnologiyalardan foydalanishga qarshi kurashish va terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish bo‘yicha qo‘shma dasturlar muhokama qildi.
Tomonlar mojaroli hududlardan qaytarilgan shaxslarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha Xalqaro kompetensiyalar markazini tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Qayd etilishicha, markaz Markaziy Osiyo tajribasiga tayangan holda mutaxassislar tayyorlash, repatriantlar uchun ta’lim va kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarini yaratish, shuningdek, ekstremizmning oldini olish bo‘yicha xalqaro tajriba almashish maydoniga aylanishi mumkin.
Shuningdek, Nyu-Yorkda O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi Ijroiya direktorati direktori Natalya German bilan ham muzokaralar o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining BMT Terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi Ijroiya direktorati Global tadqiqotlar tarmog‘iga qo‘shilishi istiqbollari muhokama qilindi.

BMTning Terrorizmga qarshi kurash haftaligi 26-iyundan 2-iyulga qadar davom etmoqda.
Direktor Federalnoy slujbi bezopasnosti RF (FSB Rossii) Aleksandr Bortnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2026
FXX direktori: O‘zbekiston DXX bilan hamkorlikda Rossiyada beshta teraktning oldi olindi
Yangiliklar lentasi
0