O‘zbekiston tashqi savdosida eng katta ulush Xitoy va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keldi

Obuna bo‘lish
Joriy yil yanvar-mayida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 32,8 mlrd dollarga yetdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston jahonning 185 ta davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
Hisobot davrida mamlakat tashqi savdo aylanmasi 32,8 mlrd dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foizga ko‘p.
Eksport 12,6 mlrd dollar, import esa 20,1 mlrd dollar bo‘ldi. Oltin hisobga olinmaganda, tovarlar eksporti 29,4 foizga o‘sib, 6,5 mlrd dollarga yetdi.
O‘zbekiston tashqi savdosida eng yuqori ulush Xitoy — 23,4 foiz, Rossiya — 17,6 foiz, Qozog‘iston — 6,9 foiz, Turkiya — 3,7 foiz va Afg‘oniston — 2,8 foiz hissasiga to‘g‘ri keldi.
Yangiliklar lentasi
0