O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 33 mlrd dollarga yaqinlashdi

Obuna bo‘lish
Mamlakat tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foizga oshdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,8 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foizga ko‘p.
Ushbu davrda eksport hajmi 12,6 milliard dollar, import esa 20,1 milliard dollar bo‘ldi.
Shu bilan birga, oltinni hisobga olmaganda tovarlar eksporti sezilarli o‘sish ko‘rsatdi. Uning hajmi 6,5 milliard dollarga yetib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 29,4 foizga oshdi.
Yangiliklar lentasi
0