https://oz.sputniknews.uz/20260702/uzbekistan-georgia-hamkorlik-58763263.html
O‘zbekiston va Gruziya savdo, investitsiya va logistika bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Gruziya savdo, investitsiya va logistika bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
Sputnik O‘zbekiston
Tbilisida Laziz Kudratov Gruziya iqtisodiyot vaziri Mariam Kvrivishvili va 22 ta kompaniya rahbarlari bilan savdo, investitsiya, logistika va sanoat loyihalarini muhokama qildi.
2026-07-02T13:02+0500
2026-07-02T13:02+0500
2026-07-02T13:02+0500
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
iqtisod
energetika
investitsiya
transport
gruziya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/02/58762408_0:116:1448:931_1920x0_80_0_0_d219183fbb080416399aca07c724bdf2.png
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Tbilisi shahrida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Mariam Kvrivishvili hamda mamlakatning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Mariam Kvrivishvili bilan muzokaralarda tomonlar savdo, investitsiya va transport-logistika aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildi. Gruziyaning 22 ta kompaniya va tashkiloti rahbarlari bilan uchrashuvlarda sanoat, qurilish, logistika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, energetika, neft-gaz sohasi va qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi loyihalar muhokama qilindi.Moliyaviy hamkorlik doirasida TBC bankining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish, xalqaro fondlar mablag‘larini jalb etish uchun investitsiya platformasini yaratish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.Eslatamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2-3 iyul kunlari davlat tashrifi bilan Gruziyada bo‘ladi.Tbilisi shahrida Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili hamda bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston – Gruziya do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260309/tashkent-georgia-madaniyat-kunlar-56185752.html
gruziya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/02/58762408_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_76d50b4bfd672d268d075c4eda10b56e.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, iqtisod, energetika, investitsiya, transport, gruziya, o‘zbekiston
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, iqtisod, energetika, investitsiya, transport, gruziya, o‘zbekiston
O‘zbekiston va Gruziya savdo, investitsiya va logistika bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
Laziz Kudratov Gruziya iqtisodiyot vaziri Mariam Kvrivishvili va 22 ta yirik kompaniya rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Tbilisi shahrida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Mariam Kvrivishvili hamda mamlakatning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi.
Mariam Kvrivishvili bilan muzokaralarda tomonlar savdo, investitsiya va transport-logistika aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildi.
Shuningdek, qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash va joriy yil kuzida Gruziyada Hukumatlararo komissiyaning 11-yig‘ilishini o‘tkazish masalalari kelishib olindi.
Gruziyaning 22 ta kompaniya va tashkiloti rahbarlari bilan uchrashuvlarda sanoat, qurilish, logistika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, energetika, neft-gaz sohasi va qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi loyihalar muhokama qilindi.
Moliyaviy hamkorlik doirasida TBC bankining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish, xalqaro fondlar mablag‘larini jalb etish uchun investitsiya platformasini yaratish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Eslatamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2-3 iyul kunlari davlat tashrifi bilan Gruziyada
bo‘ladi.Tbilisi shahrida Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili hamda bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston – Gruziya do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.