O‘zbekiston va Belarus mehnat bozori bo‘yicha idoralararo bitim tayyorlashi mumkin

© Ispolkom SNGV Minske sostoyalas vstrecha delegatsiy Ministerstva zanyatosti i sokrasheniya bednosti Uzbekistana i Ministerstva truda i sotsialnoy zashiti Belarusi
V Minske sostoyalas vstrecha delegatsiy Ministerstva zanyatosti i sokrasheniya bednosti Uzbekistana i Ministerstva truda i sotsialnoy zashiti Belarusi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Belarus mehnat vazirliklari delegatsiyalari bandlik, mehnat inspeksiyasi va mehnatga haq to‘lash sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Minskda O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Belarus Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv MDH Ijroiya qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jo‘rayev boshchilik qildi.
Belarus tomoni mehnat munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish, mehnatni muhofaza qilish va inspeksiyalash, mehnat bozori va aholi bandligi, kadrlar diagnostikasi, mehnatni normalashtirish hamda mehnatga haq to‘lash bo‘yicha o‘z tajribasini taqdim etdi.
O‘zbekiston vakillari Belarus Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasi, Davlat mehnat inspeksiyasi departamenti, Mehnat ilmiy-tadqiqot instituti va vazirlikka qarashli boshqa muassasalar faoliyati bilan tanishdi.
Tomonlar mehnat va aholi bandligi, shuningdek, mehnatni normalashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Tashrif yakunlariga ko‘ra, ikki tomonlama idoralararo bitim tuzish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Gensek SNG i zamglavi Minzanyatosti Uzbekistana obsudili meri podderjki rinka truda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
O‘zbekiston va MDH mehnat migrantlari masalasida hamkorlikni kuchaytirmoqchi
Yangiliklar lentasi
0