Rossiyalik o‘qituvchi tayyorlagan uch qiz xalqaro tanlovda barcha sovrinli o‘rinlarni egalladi

Bloknoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
Obuna bo‘lish
Kitoblik uch o‘quvchi qiz xalqaro tanlovda 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egalladi. Ularni Aleksandra Badmayeva tayyorlagan. Avvalroq Badmayeva o‘quvchilari matematika bo‘yicha tanlovda ham g‘olib bo‘lgan edi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. “Yevroosiyo rus tilida so‘zlashadi” III Xalqaro badiiy o‘qish tanlovi O‘zbekiston vakillari uchun to‘liq g‘alaba bilan yakunlandi. Tanlovning butun shohsupasiga Qashqadaryo viloyati Kitob shahri o‘quvchi qizlari ko‘tarildi.
Birinchi o‘rin Madinabonu Mannonovaga, ikkinchi o‘rin Malika G‘ayratovaga, uchinchi o‘rin esa Imona Abdurahmonovaga nasib etdi.
E’tiborlisi, uch finalchining barchasini “Xorijdagi rossiyalik o‘qituvchi” xalqaro gumanitar loyihasi ishtirokchisi Aleksandra Badmayeva tayyorlagan. Hakamlar hay’ati o‘quvchilarning chiqishlarini yuqori baholash bilan birga, ularni tayyorlashdagi pedagogik yondashuvni ham alohida ta’kidladi.
“Qizlarning g‘ayrati va iste’dodi bilan cheksiz faxrlanaman. Ularning g‘alabasi adabiyotga bo‘lgan muhabbatning chegarasi yo‘qligining eng yaxshi isbotidir”, — dedi Aleksandra Badmayeva.
Pedagogning ta’kidlashicha, bunday tanlovlarda ishtirok etish bolalarning shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Bu ularga nafaqat o‘z mahoratini namoyish etish, balki xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsatish imkonini ham beradi.
Avvalroq Aleksandra Badmayeva tayyorlagan Kitob shahridagi 2-maktab o‘quvchilari matematika fanidan o‘tkazilgan “Sistematika” xalqaro olimpiadasida ham sovrinli natijalarga erishgan edi.
O‘zbek tilini o‘rganib, O‘zbekistonni sevib qolgan rossiyalik kimyo o‘qituvchisi hikoyasi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2026
O‘zbek tilini o‘rganib, O‘zbekistonni sevib qolgan rossiyalik kimyo o‘qituvchisi hikoyasi
Yangiliklar lentasi
0