MMFI Toshkent filiali atom energetikasi xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi

© Tashkentskiy filial NIYaU MIFITashkentskiy filial NIYaU MIFI posetilo rukovodstvo MChS Respubliki Uzbekistan
Tashkentskiy filial NIYaU MIFI posetilo rukovodstvo MChS Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
Obuna bo‘lish
Filial bazasida FVV Akademiyasi kafedrasi ochilib, atom energetikasi obyektlari xavfsizligi bo‘yicha dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. "Moskva muhandislik-fizika instituti" milliy tadqiqot yadro universiteti ("MMFI" MTAU) Toshkent filiali atom energetikasi obyektlari xavfsizligini ta’minlash uchun mutaxassislar tayyorlashda ishtirok etadi. Bu haqda filial matbuot xizmati xabar berdi.
Bu borada FVV Akademiyasi, “O‘zatom” agentligi, Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti va MMFI Toshkent filiali o‘rtasida kelishuvlarga erishildi.
Filialga FVV vaziri o‘rinbosari Nuriddin Qodirov va FVV Akademiyasi boshlig‘i Muzaffarjon Mamasiddiqov tashrif buyurdi. Ular universitetning laboratoriya bazasi, o‘quv-ilmiy infratuzilmasi va ta’lim jarayonida yuqori texnologiyali uskunalardan foydalanish amaliyoti bilan tanishdi.
© Tashkentskiy filial NIYaU MIFITashkentskiy filial NIYaU MIFI posetilo rukovodstvo MChS Respubliki Uzbekistan
Tashkentskiy filial NIYaU MIFI posetilo rukovodstvo MChS Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
Tashkentskiy filial NIYaU MIFI posetilo rukovodstvo MChS Respubliki Uzbekistan
Uchrashuvda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, atom energetikasi obyektlari xavfsizligi, texnogen favqulodda vaziyatlarning oldini olish va radiatsiya monitoringi bo‘yicha dual ta’lim tizimini tashkil etishga e’tibor qaratildi.
Rejaga ko‘ra, nazariy tayyorgarlik va laboratoriya mashg‘ulotlari MMFI Toshkent filiali bazasida o‘tkaziladi. Amaliy mashg‘ulotlar esa Yadro fizikasi institutining yadroviy obyektlarida, jumladan, VVR-SM tadqiqot reaktori va boshqa ilmiy qurilmalarda tashkil etiladi.
Uchrashuvning muhim natijasi sifatida MMFI Toshkent filialida FVV Akademiyasi kafedrasini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tomonlar atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligini ta’minlaydigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashda hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.
NIYaU MIFI v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
"MMFI"ning Toshkent filialida yadro fizikasi bo‘yicha magistratura ochilmoqda
Yangiliklar lentasi
0