https://oz.sputniknews.uz/20260701/uzbekistan-tranzit-qoshimcha-daromad-58737073.html
O‘zbekiston xalqaro tranzitdan 600 mln dollargacha qo‘shimcha daromad olishi mumkin
O‘zbekiston xalqaro tranzitdan 600 mln dollargacha qo‘shimcha daromad olishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yiliga qo‘shimcha 15–20 mln tonna tranzit yukni qabul qilsa, 400–600 mln dollar daromad va 50 ming ish o‘rni yaratilishi mumkin. Hozircha mamlakatning tranzit aylanmasidagi ulushi 1–2 foizdan oshmayapti.
2026-07-01T16:41+0500
2026-07-01T16:41+0500
2026-07-01T16:44+0500
shavkat mirziyoyev
transport
tranzit tashish
iqtisod
quruq port
aeroport
investitsiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1a/55282779_0:57:1106:679_1920x0_80_0_0_400f87cfb2391ca9a82fed63f960efd0.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika tizimini rivojlantirish va O‘zbekistonning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekiston Sharq va G‘arbni bog‘lovchi quruqlikdagi yirik transport xabiga aylanish uchun katta imkoniyatga ega. Toshkent, Navoiy va Namanganda zamonaviy transport-logistika markazlari hamda “quruqlik portlari” rivojlanmoqda. Navoiy aeroporti esa Yevroosiyo havo yo‘laklarida muhim kargo tuguni vazifasini bajarmoqda.Ushbu yirik loyihalar ishga tushsa, O‘zbekiston Tinch okeanidan Yevropagacha bo‘lgan eng qisqa quruqlik yo‘lagining asosiy bo‘g‘iniga aylanishi mumkin. Bu yo‘nalish yuk tashish vaqtini an’anaviy marshrutlarga nisbatan 3 baravargacha qisqartirib, 8 kungacha tushirish imkonini beradi.Shuningdek, Pokistonning Karachi va Gvadar portlari orqali Hind okeaniga, qariyb 2 milliard aholi yashaydigan Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish uchun tezkor yo‘l ochiladi.Hisob-kitoblarga ko‘ra, Xitoy va Yevropa o‘rtasida yillik tovar aylanmasi 800 milliard dollarni, yuk tashish hajmi esa 120–150 million tonnani tashkil etadi. Agar O‘zbekiston yiliga qo‘shimcha 15–20 million tonna xalqaro tranzit yukini qabul qilsa:Bu iqtisodiyot o‘sishiga qo‘shimcha 1,5–2 foizlik sur’at berishi mumkin.Mamlakatda xalqaro talabga mos 27 ta logistika markazi mavjud. Ularning umumiy quvvati 27,2 million tonnani tashkil etadi, ammo faqat bittasi yuqori toifaga ega. Avtomatlashgan “A” toifadagi omborlar umumiy ehtiyojning 10–15 foizini qoplaydi.Shuningdek, zamonaviy muzlatkichli va bojxona omborlari yetishmasligi, logistika markazlari asosan Toshkent va uning atrofida joylashgani, konteynerlashtirish ulushi pastligi hamda sohada raqamlashtirish darajasi yetarli emasligi qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260623/txif-asosiy-natijalar-58539560.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1a/55282779_62:0:1045:737_1920x0_80_0_0_4d852fa367458da91508bf7d24a76d73.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, transport, tranzit tashish, iqtisod, quruq port, aeroport, investitsiya, o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev, transport, tranzit tashish, iqtisod, quruq port, aeroport, investitsiya, o‘zbekiston
O‘zbekiston xalqaro tranzitdan 600 mln dollargacha qo‘shimcha daromad olishi mumkin
16:41 01.07.2026 (yangilandi: 16:44 01.07.2026) Taqdimotda qayd etilishicha, O‘zbekiston transport-logistika salohiyatidan to‘liq foydalansa, xalqaro tranzitdan 600 mln dollargacha qo‘shimcha daromad olishi mumkin.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika tizimini rivojlantirish va O‘zbekistonning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekiston Sharq va G‘arbni bog‘lovchi quruqlikdagi yirik transport xabiga aylanish uchun katta imkoniyatga ega.
Toshkent, Navoiy va Namanganda zamonaviy transport-logistika markazlari hamda “quruqlik portlari” rivojlanmoqda. Navoiy aeroporti esa Yevroosiyo havo yo‘laklarida muhim kargo tuguni vazifasini bajarmoqda.
Taqdimotda “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li va Transafg‘on temir yo‘li O‘zbekistonning mintaqaviy hamda xalqaro transport tizimidagi o‘rnini kuchaytirishi qayd etildi.
Ushbu yirik loyihalar ishga tushsa, O‘zbekiston Tinch okeanidan Yevropagacha bo‘lgan eng qisqa quruqlik yo‘lagining asosiy bo‘g‘iniga aylanishi mumkin. Bu yo‘nalish yuk tashish vaqtini an’anaviy marshrutlarga nisbatan 3 baravargacha qisqartirib, 8 kungacha tushirish imkonini beradi.
Shuningdek, Pokistonning Karachi va Gvadar portlari orqali Hind okeaniga, qariyb 2 milliard aholi yashaydigan Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish uchun tezkor yo‘l ochiladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Xitoy va Yevropa o‘rtasida yillik tovar aylanmasi 800 milliard dollarni, yuk tashish hajmi esa 120–150 million tonnani tashkil etadi. Agar O‘zbekiston yiliga qo‘shimcha 15–20 million tonna xalqaro tranzit yukini qabul qilsa:
400–600 million dollar qo‘shimcha daromad;
logistika markazlari va terminallar qurilishiga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya;
50 mingta barqaror ish o‘rni yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Bu iqtisodiyot o‘sishiga qo‘shimcha 1,5–2 foizlik sur’at berishi mumkin.
Biroq hozircha O‘zbekistonning ushbu tranzit aylanmasidagi ulushi 1–2 foizdan oshmayapti. Chegara o‘tkazish punktlari ko‘p bo‘lsa-da, ularning aksariyati xalqaro yuklarni tezkor qabul qilish va rasmiylashtirish quvvatiga ega emas.
Mamlakatda xalqaro talabga mos 27 ta logistika markazi mavjud. Ularning umumiy quvvati 27,2 million tonnani tashkil etadi, ammo faqat bittasi yuqori toifaga ega. Avtomatlashgan “A” toifadagi omborlar umumiy ehtiyojning 10–15 foizini qoplaydi.
Shuningdek, zamonaviy muzlatkichli va bojxona omborlari yetishmasligi, logistika markazlari asosan Toshkent va uning atrofida joylashgani, konteynerlashtirish ulushi pastligi hamda sohada raqamlashtirish darajasi yetarli emasligi qayd etildi.