Humoyun Sultonov ITF M25 Zagreb turniri g‘olibi bo‘ldi

© UzAUzbekistanskiy tennisist Xumoyun Sultanov stal pobeditelem turnira ITF M25 Zagreb
Uzbekistanskiy tennisist Xumoyun Sultanov stal pobeditelem turnira ITF M25 Zagreb - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2026
Obuna bo‘lish
ATR reytingida 813-o‘rindagi Humoyun Sultonov Zagrebda 399-raqamli Oleg Prixodko va 451-raqamli Sebastyan Sorger kabi tennischilarni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov Xorvatiyada o‘tkazilgan ITF M25 Zagreb turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Sultonov musobaqa davomida bir qator kuchli raqiblarni mag‘lub etdi. U chorak finalda turnirning 4-raqamli saralangan tennischisi, avstriyalik Sebastyan Sorgerni 7:5, 6:4 hisobida yengdi.
Yarim finalda esa o‘zbekistonlik tennischi turnirning 1-raqamli saralangan ishtirokchisi Oleg Prixodko bilan kortga chiqdi. Humoyun ushbu bahsda raqibiga imkoniyat qoldirmadi — 6:3, 6:1.
Finalda Sultonov Shimoliy Makedoniya vakili Kalin Ivanovskiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik tennischi 6:4, 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni rasmiylashtirdi.

ITF M25 Zagreb turniri 22–28 iyun kunlari Xorvatiyadagi Zagreb shahrida o‘tkazildi. Grunt qoplamasida tashkil etilgan musobaqa ITF Men’s World Tennis Tour taqvimiga kiradi, uning mukofot jamg‘armasi 30 ming dollarni tashkil etdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Luchshiy tennisist-yunior Ukraini smenil sportivnoe grajdanstvo na Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2026
Dunyo o‘smirlar tennisining eng istiqbolli o‘yinchilaridan biri Belozersev O‘zbekistonga o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0