Prezident XVJ va Jahon banki vakillari bilan iqtisodiy islohotlarni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident prinyal delegatsii MVF i Vsemirnogo banka
Prezident prinyal delegatsii MVF i Vsemirnogo banka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2026
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev XVJ va Jahon banki delegatsiyalari bilan global moliya bozorlari, islohotlar va uzoq muddatli hamkorlikni muhokama qildi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktorining o‘rinbosari Bo Li hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani boshchiligidagi delegatsiyalarni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiyalar XVJ “Shveysariya guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan.
Bo Li bilan makroiqtisodiy siyosat strategiyasi, raqamli to‘lovlar tizimi, kapital harakatini liberallashtirish, milliy statistika metodologiyasi va davlat daromadlarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ko‘makni kengaytirish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, erkin valyuta ayirboshlash kursini qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston iqtisodiy idoralari uchun kadrlar tayyorlash dasturlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuvda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy sohalarini qamrab oluvchi yangi uzoq muddatli Mamlakat dasturini ishlab chiqish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, davlat korxonalarini xususiylashtirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ilgari surish hamda iqtisodiyot tarmoqlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishda Jahon banki guruhining moliyaviy vositalaridan foydalanishni kengaytirishga e’tibor qaratildi.
Suv xo‘jaligini moliyalashtirish, inson kapitalini rivojlantirish va O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga ko‘maklashish masalalari ham ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.
Zdaniya Mejdunarodnogo valyutnogo fonda v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2026
XVJ O‘zbekistonni xatardan ogohlantirdi
Yangiliklar lentasi
0