https://oz.sputniknews.uz/20260630/amudaryo-suv-zaxiralar-kamayish-58709175.html
Ekspert: Amudaryoda suv zaxiralari 2050-yilgacha 5–10 foizga kamayishi mumkin
Ekspert: Amudaryoda suv zaxiralari 2050-yilgacha 5–10 foizga kamayishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
IWMI eksperti Iskandar Abdullayevning aytishicha, 2050-yilga borib Amudaryoda suv zaxiralari 5–10 foizgacha, Sirdaryoda esa bundan ham ko‘proq qisqarishi mumkin. U suvni asrash va isrofni kamaytirish zarurligini ta’kidladi.
2026-06-30T16:14+0500
2026-06-30T16:14+0500
2026-06-30T16:14+0500
jamiyat
ekologiya
sirdaryo
suv
iqlim o‘zgarishi
rossiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/563/88/5638888_0:458:2013:1590_1920x0_80_0_0_fa342388c523d1a6f222abdaa9fa796f.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Tahlillarga ko‘ra Amudaryoda suv zaxiralari 2050-yilga borib 5–10 foizgacha, Sirdaryoda esa bundan ham ko‘proq qisqarishi mumkin. Bu haqda Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) eksperti Iskandar Abdullayev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.Abdullayevning aytishicha, O‘zbekistonning 2050-yilgacha bo‘lgan suv strategiyasini ishlab chiqish jarayonlarida rossiyalik olimlar ham qatnashmoqda. U Rossiya bilan aloqalar hamkorlikning yaxshi yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.Ekspert, shuningdek, muzliklarning erishi va uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri haqida ham gapirdi. Uning aytishicha, suv muammolari iqtisodiyotning barcha sohalariga ta’sir qilishi mumkin.Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi eksperti Iskandar O‘roqboyevning ma’lum qilishicha, mamlakatda 4,3 million gektar sug‘oriladigan yer maydonlari mavjud. Bugungi kunda ularning 60 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan.
https://oz.sputniknews.uz/20260505/central-asia-suv-tanqislik-57340778.html
sirdaryo
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/563/88/5638888_0:269:2013:1779_1920x0_80_0_0_335da0517f6bec53c7900775f2de7b79.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ekologiya , sirdaryo, suv, iqlim o‘zgarishi, rossiya, o‘zbekiston
jamiyat, ekologiya , sirdaryo, suv, iqlim o‘zgarishi, rossiya, o‘zbekiston
Ekspert: Amudaryoda suv zaxiralari 2050-yilgacha 5–10 foizga kamayishi mumkin
Ekspertlar Amudaryo va Sirdaryoda suv zaxiralari kamayishi mumkinligini aytdi. O‘zbekiston 2030-yilgacha yiliga 15 milliard kub metr suv tejashni maqsad qilgan
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Tahlillarga ko‘ra Amudaryoda suv zaxiralari 2050-yilga borib 5–10 foizgacha, Sirdaryoda esa bundan ham ko‘proq qisqarishi mumkin. Bu haqda Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) eksperti Iskandar Abdullayev
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
"Bularning barchasi bir narsani ko‘rsatmoqda: suv resurslariga nisbatan biz hozir juda ehtiyotkor bo‘lishimiz, ularni asrashimiz va isrofini kamaytirishimiz kerak. Bu aniq. Busiz suv resurslari bilan bog‘liq muammolarga yechim topib bo‘lmaydi. Suv resurslari bilan bog‘liq har qanday o‘zgarish va uning ta’siri uzoq vaqt davom etadi", — deydi u.
Abdullayevning aytishicha, O‘zbekistonning 2050-yilgacha bo‘lgan suv strategiyasini ishlab chiqish jarayonlarida rossiyalik olimlar ham qatnashmoqda. U Rossiya bilan aloqalar hamkorlikning yaxshi yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
Ekspert, shuningdek, muzliklarning erishi va uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri haqida ham gapirdi. Uning aytishicha, suv muammolari iqtisodiyotning barcha sohalariga ta’sir qilishi mumkin.
"Hududimizda juda kam muzliklar bor. Ulardan biri Paxtakor muzligi. Qolganlarining deyarli hammasi Qirg‘iziston va Tojikiston hududida, Tan-Shan va Oloy tog‘ tizmalarida joylashgan. Bu muzliklarning erishi haqiqatan ham tezlashmoqda", — deydi u.
Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi eksperti Iskandar O‘roqboyevning ma’lum qilishicha, mamlakatda 4,3 million gektar sug‘oriladigan yer maydonlari mavjud. Bugungi kunda ularning 60 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan.
"Hozirgi kunda har yili 10 milliard kub metrdan ortiq suv tejalmoqda. 2030-yilga qadar esa bu ko‘rsatkichni 15 milliard kub metrga yetkazish, ya’ni har yili 15 milliard kub metr suvni tejash maqsad qilingan", — deydi u.