Prezident 20 nafar yosh avlod vakilini “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi
17:32 29.06.2026 (yangilandi: 17:34 29.06.2026)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Mukofotlanganlar orasida turli hududlardan talabalar, shifokor, o‘qituvchi, tadbirkor, startap asoschisi, sportchi, uchuvchi va yoshlar yetakchisi bor.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan faol va tashabbuskor yosh avlod vakillarini “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, mamlakatda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, turli sohalarda erishgan yutuqlari, bilim va salohiyati, tashabbuskorligi, Vatanga mehri va sadoqati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 20 nafar yosh avlod vakili “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.
Mukofotlanganlar:
Azatova Shahzoda Alisher qizi — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali 4-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston;
Odiljonova Kamola Abduvosit qizi — Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich doktoranti, Andijon viloyati;
Bafoyev Jahongir Shuhrat o‘g‘li — Buxoro shahridagi “Bukhara books” xususiy kitob do‘konlari tarmog‘i ta’sischisi, Buxoro viloyati;
Jalolova Mohira Sirojiddin qizi — Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi neyrojarrohi;
Ziyodova Asal Isomiddin qizi — Qarshi shahridagi “Bolalar akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Qashqadaryo viloyati;
Istamtoshev Sulaymon Dovudovich — Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
Solohiddinov Qobiljon Komil o‘g‘li — Yangi Namangan tumanidagi “Qobil Jiga servis” avtoservisi rahbari, Namangan viloyati;
Nurmamatova Pokiza Akmaljon qizi — Pastdarg‘om tumanidagi “Kaja Games” milliy o‘yinlar startap loyihasi asoschisi, Samarqand viloyati;
Rahimberdiyev Temur Abbos o‘g‘li — Yangiyer shahridagi “Sesosino newenergy technology” xususiy korxonasi muhandis-texnologi, Sirdaryo viloyati;
Abduxoliqov Akmal Qahramonovich — Angor tumanidagi “Aka-uka oltin yerlari” sabzavotchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati;
Yunusova Ozoda Ulug‘bek qizi — “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Mis boyitish fabrikasi yanchish va flotatsiyalash sexi flotatori, Toshkent viloyati;
Odilov Hamidjon Valijon o‘g‘li — Farg‘ona shahridagi “TruDispatch” xususiy logistika korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati;
Rahimova Sevinch Hamroyevna — karate bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Xorazm viloyati;
Mirfayzullayeva Azizaoy Mahmudjon qizi — Sergeli tumanidagi “Farog‘atli” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Toshkent shahri;
Aslonova Laylo Olimovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi;
Mamasaidov Muhammadsaid Muhammadqosim o‘g‘li — “Tahrirchi” sun’iy intellekt platformasi asoschisi;
Mo‘ydinova Zilola Vohid qizi — Bojxona institutining bojxona to‘lovlari va statistikasi kafedrasi o‘qituvchisi;
Mustayeva Sabina Ruslanovna — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;
Safolov Firuzjon Rasuljonovich — “Uzbekistan Airways” AJ Parvoz xizmati departamenti “A-321” havo kemasi uchuvchisi;
Xujamberdiyeva Lobarxon Haydar qizi — O‘zbekiston Jamoat xavfsizligi universitetining 2-bosqich kursanti.
