Eski Toshkent, Gagarin, XX asr ruhi: "Bonum Factum Gallery"da fotoxronika ko‘rgazmasi ochildi
Eski Toshkent, Gagarin, XX asr ruhi: "Bonum Factum Gallery"da fotoxronika ko‘rgazmasi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Bonum Factum Galleryda “XX asr fotoxronikasi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ekspozitsiyada eski Toshkent, Yuriy Gagarin tashrifi, konstruktivizm va industrial davr suratlari namoyish etilgan.
"Bonum Factum Gallery" ko‘rgazma zalida fotografiya ixtiro qilinganiga 200-yil to‘lishiga bag‘ishlangan “XX asr fotoxronikasi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.Ekspozitsiyada XX asrning turli o‘n yilliklariga oid plonkali suratlar — eski Toshkent manzaralari, konstruktivizm, industrial qurilishlar, mexanizatsiya, yangi yerlarni o‘zlashtirish va mustaqillik davri kadrlari namoyish etilgan.Ko‘rgazmada bir emas, bir necha mualliflarga tegishli fotosuratlar o‘rin olgan. Ular orasida Gubenko, Maks Penson, Kuznetsova, Nechayeva, Viktor An, Shamsudinov va boshqa fotograflarning ishlari bor.Ekspozitsiyaning alohida qimmati — ayrim suratlarning asl nusxada namoyish etilayotganida. Karimbabayevaning ta’kidlashicha, aynan shu jihat ko‘rgazmaning tarixiy ahamiyatini yanada oshiradi.Suratlarda Yuriy Gagarinning O‘zbekiston poytaxtiga mashhur tashrifi, eski Toshkent ko‘chalari, konstruktivizm geometriyasi, industrial qurilishlar va XX asr ruhini aks ettiruvchi boshqa lavhalarni ko‘rish mumkin. Bu kadrlar nafaqat voqealarni hujjatlashtiradi, balki tomoshabinni xalq xotirasida saqlanib qolgan davrga qaytaradi.Ko‘rgazma chilla kunlarida — yilning eng issiq qirq kunida ochildi. Shu davrda galereya tomoshabinlarni oq-qora fotografiya muhitiga, nur va soya orqali ochiladigan tarixiy xotiraga yaqinlashtiradi.Toshkentdagi ushbu ko‘rgazma bilan bir vaqtda Yaponiyada ham o‘zbekistonlik va markaziy osiyolik fotograflar ishlari namoyish etilmoqda. Ular olti mashhur ko‘rgazma maydonida, jumladan, Ginza, Canon va Nikon bilan bog‘liq galereyalarda taqdim qilinmoqda."Bonum Factum Gallery"dagi “XX asr fotoxronikasi” ko‘rgazmasi 25-avgustga qadar davom etadi.
“XX asr fotoxronikasi” ko‘rgazmasi arxiv suratlar orqali eski Toshkent, sanoat davri va tarixiy xotirani namoyon etmoqda.
"Bonum Factum Gallery" ko‘rgazma zalida fotografiya ixtiro qilinganiga 200-yil to‘lishiga bag‘ishlangan “XX asr fotoxronikasi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ekspozitsiyada XX asrning turli o‘n yilliklariga oid plonkali suratlar — eski Toshkent manzaralari, konstruktivizm, industrial qurilishlar, mexanizatsiya, yangi yerlarni o‘zlashtirish va mustaqillik davri kadrlari namoyish etilgan.
Ko‘rgazmada bir emas, bir necha mualliflarga tegishli fotosuratlar o‘rin olgan. Ular orasida Gubenko, Maks Penson, Kuznetsova, Nechayeva, Viktor An, Shamsudinov va boshqa fotograflarning ishlari bor.
“Asosan bu suratlar bir muallifga emas, turli fotograflarga tegishli. Har bir kadr o‘z davrini, odamlarini va o‘sha muhitni o‘ziga xos tarzda saqlab qolgan”, — deydi "Bonum Factum Gallery" ko‘rgazma zali direktori Shahnoza Karimbabayeva.
Ekspozitsiyaning alohida qimmati — ayrim suratlarning asl nusxada namoyish etilayotganida. Karimbabayevaning ta’kidlashicha, aynan shu jihat ko‘rgazmaning tarixiy ahamiyatini yanada oshiradi.
“Barcha fotosuratlar noyob. Ayniqsa, ayrim ishlar asl nusxada taqdim etilgani muhim — bular Maks Penson va Shamsudinovning suratlaridir”, — ta’kidladi u.
Suratlarda Yuriy Gagarinning O‘zbekiston poytaxtiga mashhur tashrifi, eski Toshkent ko‘chalari, konstruktivizm geometriyasi, industrial qurilishlar va XX asr ruhini aks ettiruvchi boshqa lavhalarni ko‘rish mumkin. Bu kadrlar nafaqat voqealarni hujjatlashtiradi, balki tomoshabinni xalq xotirasida saqlanib qolgan davrga qaytaradi.
“Ko‘plab mualliflar bugun oramizda yo‘q. Ammo ular muhrlagan kadrlar hanuzgacha odamlar qalbida yashab kelayotgan xotirani saqlaydi”, — dedi Shahnoza Karimbabayeva.
Ko‘rgazma chilla kunlarida — yilning eng issiq qirq kunida ochildi. Shu davrda galereya tomoshabinlarni oq-qora fotografiya muhitiga, nur va soya orqali ochiladigan tarixiy xotiraga yaqinlashtiradi.
“Biz ko‘rgazmani aynan Chilla kunlarida, eng issiq paytda ochapmiz. Shu kunlarda oq-qora fotografiyaning kuchi, chuqurligi va hujjatli qimmatini ko‘rsatishni istadik”, — dedi galereya direktori.
Toshkentdagi ushbu ko‘rgazma bilan bir vaqtda Yaponiyada ham o‘zbekistonlik va markaziy osiyolik fotograflar ishlari namoyish etilmoqda. Ular olti mashhur ko‘rgazma maydonida, jumladan, Ginza, Canon va Nikon bilan bog‘liq galereyalarda taqdim qilinmoqda.
“Bu biz uchun Toshkent va Yaponiya o‘rtasidagi o‘ziga xos ko‘prik. Fotografiya orqali biz tarix, madaniyat va markaziy osiyolik mualliflarning nigohini namoyon etamiz”, — ta’kidladi Shahnoza Karimbabayeva.
"Bonum Factum Gallery"dagi “XX asr fotoxronikasi” ko‘rgazmasi 25-avgustga qadar davom etadi.