Saraton kasalliklarini erta aniqlash bo‘yicha milliy dastur joriy etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSemeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2026
Obuna bo‘lish
Saraton kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash, tashxislash va davolash dasturning ustuvor vazifalaridan biri.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekistognda saraton kasalliklarini erta aniqlash bo‘yicha milliy dastur joriy etiladi. Prezident tegishli qarorni imzoladi.
2027 yil 1-yanvardan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan Saratonga qarshi kurashish milliy dasturi (Dastur) asosida aholi o‘rtasida oshqozon, yo‘g‘on ichak (kolorektal), o‘pka va prostata bezi saratoni kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olish chora-tadbirlari hududlarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Quyidagilar Dasturning ustuvor vazifalari etib belgilandi:
aholining saraton kasalliklari xavf omillari, dastlabki belgilari va oldini olish
usullari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish;
saraton kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash, tashxislash va davolash
tizimini quyidagilar orqali takomillashtirish;
tibbiy yordam sifatini oshirish va o‘lim holatlarini kamaytirish.
Qaror bilan saraton kasalliklariga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari ham belgilandi. Xususan, aholini eng ko‘p uchraydigan saraton turlari bo‘yicha maqsadli tibbiy tekshiruvlar bilan qamrab olish darajasini kamida 60 foizga yetkazish, kasalliklarni 1–2-bosqichlarda aniqlash ko‘rsatkichini 30 foizdan 40 foizgacha oshirish hamda 3–4-bosqichlarda aniqlash darajasini 65 foizdan 55 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan.
2027 yil 1-yanvardan boshlab davlat budjetidan moliyalashtiriladigan kafolatlangan tibbiy yordam doirasida saraton kasalligiga chalingan bemorlarga ko‘rsatiladigan qator xizmatlar xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.
Bular qatoriga saratonni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha laborator hamda instrumental diagnostika, kasallikka tashxis qo‘yish va uning bosqichini aniqlash, jarrohlik amaliyotlari, bazaviy o‘smaga qarshi dori vositalari, gormonal va qo‘llab-quvvatlovchi terapiya, nur terapiyasi, palliativ yordam, shuningdek, reabilitatsiya va dispanser kuzatuvi xizmatlari kiradi.
Bundan tashqari, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi huzurida Noinfeksion kasalliklarga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Studentka sozdala ustroystvo, kotoroe poluchayet yad skorpiona, ne ubivaya yego - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2026
Saraton davosida yangi imkoniyatlar: talaba chayon zahrini o‘ldirmasdan olish qurilmasini yaratdi
Yangiliklar lentasi
0