O‘zbekistonda III Xalqaro maqom san’ati anjumani qanday o‘tmoqda - foto
O‘zbekistonda III Xalqaro maqom san’ati anjumani qanday o‘tmoqda - foto
Sputnik O‘zbekiston
Namanganda YuNESKO va ICESCO shafeligida III Xalqaro maqom san’ati anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda xalqaro tashkilotlar va 80 dan ortiq davlatdan madaniyat va san’at vakillari ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Namangan shahrida YuNESKO va Islom ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti — ICESCO shafeligida III Xalqaro maqom san’ati anjumani bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Nufuzli tadbirda UNESCO, ICESCO, MDH, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, TURKSOY, Turkiy Parlament Assambleyasi, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda boshqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning madaniyat vazirlari, elchilar, shuningdek, 80 tadan ortiq davlatdan 250 nafarga yaqin madaniyat va san’at vakillari ishtirok etmoqda.Anjuman doirasida 18 ta davlatdan kelgan ijrochilar ishtirokida xalqaro tanlov, shuningdek, 50 taga yaqin davlatdan tashrif buyurgan taniqli musiqashunos, san’atshunos va olimlar ishtirokida ilmiy konferensiyalar o‘tkazilmoqda.Tadbir doirasida qator xalqaro hamkorlik memorandumlarini imzolash va maqom san’atiga bag‘ishlangan yangi loyihalarni taqdim etish ham rejalashtirilgan.Xalqaro maqom san’ati anjumani O‘zbekistonda 2018-yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda. Uning asosiy maqsadlari maqom san’atini keng targ‘ib qilish, asrab-avaylash va rivojlantirish, shuningdek, xalqaro miqyosda madaniy, ilmiy va ijodiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Tadbir doirasida qator xalqaro hamkorlik memorandumlarini imzolash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Namangan shahrida YuNESKO va Islom ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti — ICESCO shafeligida III Xalqaro maqom san’ati anjumani bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Nufuzli tadbirda UNESCO, ICESCO, MDH, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, TURKSOY, Turkiy Parlament Assambleyasi, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda boshqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning madaniyat vazirlari, elchilar, shuningdek, 80 tadan ortiq davlatdan 250 nafarga yaqin madaniyat va san’at vakillari ishtirok etmoqda.
Anjuman doirasida 18 ta davlatdan kelgan ijrochilar ishtirokida xalqaro tanlov, shuningdek, 50 taga yaqin davlatdan tashrif buyurgan taniqli musiqashunos, san’atshunos va olimlar ishtirokida ilmiy konferensiyalar o‘tkazilmoqda.
Ularda maqom san’atining bugungi holati, rivojlanish istiqbollari va zamonaviy tendensiyalari yuzasidan fikr almashilmoqda.
Tadbir doirasida qator xalqaro hamkorlik memorandumlarini imzolash va maqom san’atiga bag‘ishlangan yangi loyihalarni taqdim etish ham rejalashtirilgan.
Xalqaro maqom san’ati anjumani O‘zbekistonda 2018-yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda. Uning asosiy maqsadlari maqom san’atini keng targ‘ib qilish, asrab-avaylash va rivojlantirish, shuningdek, xalqaro miqyosda madaniy, ilmiy va ijodiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.