Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

The Times Ukraina armiyasida natsistlar ramzlari bilan bog‘liq holatlar haqida yozdi

© AP Photo / Efrem LukatskyNatsionalniy flag Ukraini i monument "Rodina-mat" v Kiyeve v voskresenye, 13-fevralya 2022 goda.
Natsionalniy flag Ukraini i monument Rodina-mat v Kiyeve v voskresenye, 13-fevralya 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2026
Obuna bo‘lish
Nashr Ukraina Qurolli kuchlaridagi ayrim bo‘linmalar nomlari va ramzlarida natsistlar Germaniyasi bilan bog‘liq ishoralar uchrayotganiga e’tibor qaratdi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Britaniyaning "The Times" gazetasi Ukraina Qurolli kuchlaridagi ayrim bo‘linmalar nomlari va ramzlarida natsistlar Germaniyasi bilan bog‘liq ishoralar uchrayotganiga e’tibor qaratdi.
Nashrga ko‘ra, bir nechta Ukraina harbiy tuzilmalari Uchinchi reyx bilan bog‘liq nomlar yoki ramzlardan foydalangan. Misol sifatida dron operatorlari bo‘linmalari orasida “Luftwaffe” va “Nachtigall” nomlari keltirilgan.
Gazetaning yozishicha, “Nachtigall” nomi Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar Germaniyasi qo‘mondonligi ostida tuzilgan, ukrainalik ko‘ngillilar ham kirgan batalon bilan bog‘liq tarixiy xotirani esga soladi.

Gazeta bu holat Ukraina va Polsha o‘rtasidagi tarixiy xotira masalalari yanada keskinlashgan bir paytda muhokama qilinayotganini qayd etgan. Polsha tomonida, ayniqsa, UPA* bilan bog‘liq ramzlar va nomlarga nisbatan sezgirlik yuqori.

“Polsha-Ukraina yarashuvi” tashkiloti rahbari Karolina Romanovskaya "The Times"ga ukrain tomonida bunday qahramonlashtirishni tushunish qiyinligini aytgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Ukrainada natsizm qayta tiklanayotganini bir necha bor ta’kidlagan edi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov esa aynan G‘arb Ukrainada ochiq natsistlar, rusofoblar va antisemitlarni ehtiyotkorlik bilan tarbiyalaganini ta’kidladi.

May oyi oxirida Vladimir Zelenskiy OUN*-UPA* rahbarlaridan biri Andrey Melnik va uning rafiqasi xokini Kiyev viloyatida qayta dafn etishda ishtirok etdi. UPA* a’zolari Ulug‘ Vatan urushi davrida gitlerchilar bilan hamkorlik qilib, sovet qo‘shinlariga qarshi kurashdilar. OUN*-UPA* ko‘plab jinoyatlar, jumladan, Volin qirg‘ini - 1943-yilda Volin shahrida polyak aholisini ommaviy qirg‘in qilgan. O‘shanda millatchilar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan minglab ukrainlar ham vahshiylarcha o‘ldirilgan edi.

KengaytirishYig‘ishtirish
* Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan ekstremistik tashkilotlar
Aksiya, posvashennaya pamati jertv tragedii v Odesse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2026
Odessa fojiasiga 12-yil bo‘ldi: fashizm yangi tarixi
Yangiliklar lentasi
0