Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

© SODD g.TashkentaV Tashkente poyavilas pervaya "sportivnaya" ostanovka
V Tashkente poyavilas pervaya sportivnaya ostanovka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2026
Obuna bo‘lish
Sergelidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan avtobus bekatida turnik va yengil mashqlar uchun mo‘ljallangan unsurlar bilan jihozlangan kichik vorkaut maydonchasi tashkil etildi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Toshkentning Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida, 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchasi tashkil etildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu bekat qisqa muddatli jismoniy mashqlar uchun mo‘ljallangan unsurlar bilan jihozlandi. Endi yo‘lovchilar avtobus kutish vaqtidan yengil mashqlar, tortilish yoki oddiy jismoniy harakatlar uchun foydalanishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, bunday yechimlar Seul, Pekin, Singapur, Parij va Bogota ham uchraydi: ayrim avtobus pavilonlari turniklar, zinapoyalar va boshqa sport anjomlari bilan jihozlangan kichik faollik hududlariga aylantirilgan.
Toshkentda bunday obyektlar avvalo aholi zich joylashgan, serqatnov yo‘nalishlarga ega va kutish hamda faollik hududlarini xavfsiz ajratish uchun yetarli joy mavjud manzillarda o‘rnatiladi.
Asosiy shartlar — xavfsizlik, yo‘lovchilar uchun qulaylik, mustahkam konstruksiyalar, muntazam texnik xizmat va jamoat transporti hamda piyodalar harakatiga xalaqit qilmaslik.
Avtobus, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2026
Toshkentda tezurar avtobuslar uchun alohida yo‘l: tirbandlikdan holi bo‘lishi rejalashtirilmoqda
Yangiliklar lentasi
0