"Kartani “kassa” qilayotganlarga qaratilgan": Soliq qo‘mitasi o‘tkazmalar loyihasi haqida
"Kartani “kassa” qilayotganlarga qaratilgan": Soliq qo‘mitasi o‘tkazmalar loyihasi haqida
Sputnik O‘zbekiston
Soliq qo‘mitasi bank kartalari bo‘yicha muhokama qilinayotgan tartib shaxsiy plastik orqali biznes yuritib, soliq to‘lamaslik holatlariga qaratilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Bank kartalari bo‘yicha muhokama qilinayotgan tartib fuqarolarning oddiy pul o‘tkazmalariga qaratilmagan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.Qo‘mitaga ko‘ra, asosiy e’tibor shaxsiy plastik kartadan tadbirkorlik kassasi sifatida foydalanish holatlariga qaratiladi. Ya’ni karta orqali tizimli to‘lovlar qabul qilinib, yirik aylanmalar shakllansa, biroq faoliyat ro‘yxatdan o‘tkazilmasa va soliq to‘lanmasa, bu holatlar nazorat predmeti bo‘ladi.Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, muhokama qilinayotgan qaror loyihasi bank siriga oid qoidalarni o‘zgartirmaydi va yangi nazorat mexanizmini joriy etmaydi. U amaldagi qonunchilikda, jumladan, "Bank siri to‘g‘risida"gi qonun va Soliq kodeksida allaqachon nazarda tutilgan banklar hamda soliq organlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi tartibini aniqlashtiradi.Qo‘mitaning ta’kidlashicha, gap fuqarolarning hisobvaraqlariga erkin kirish haqida emas, balki qonunchilikda belgilangan hollarda ma’lumot almashishning tartibga solingan mexanizmi haqida bormoqda.
Soliq qo‘mitasi bank kartalari bo‘yicha muhokama qilinayotgan loyiha yangi nazorat joriy etmasligi, balki amaldagi qonunlarda belgilangan axborot almashinuvi tartibini aniqlashtirishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Bank kartalari bo‘yicha muhokama qilinayotgan tartib fuqarolarning oddiy pul o‘tkazmalariga qaratilmagan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qo‘mitaga ko‘ra, asosiy e’tibor shaxsiy plastik kartadan tadbirkorlik kassasi sifatida foydalanish holatlariga qaratiladi. Ya’ni karta orqali tizimli to‘lovlar qabul qilinib, yirik aylanmalar shakllansa, biroq faoliyat ro‘yxatdan o‘tkazilmasa va soliq to‘lanmasa, bu holatlar nazorat predmeti bo‘ladi.
Loyihaga ko‘ra, agar jismoniy shaxsning kartasi yoki elektron hamoniga oy davomida 500 BHM (xozirda 206 million so‘m)va undan ortiq mablag‘ kelib tushsa, banklar soliq organlarining so‘rovi asosida ushbu mablag‘lar va ularni yuborgan shaxslar haqida ma’lumot taqdim etadi.
Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, muhokama qilinayotgan qaror loyihasi bank siriga oid qoidalarni o‘zgartirmaydi va yangi nazorat mexanizmini joriy etmaydi. U amaldagi qonunchilikda, jumladan, "Bank siri to‘g‘risida"gi qonun va Soliq kodeksida allaqachon nazarda tutilgan banklar hamda soliq organlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi tartibini aniqlashtiradi.
Qo‘mitaning ta’kidlashicha, gap fuqarolarning hisobvaraqlariga erkin kirish haqida emas, balki qonunchilikda belgilangan hollarda ma’lumot almashishning tartibga solingan mexanizmi haqida bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq muhokamaga qo‘yilgan qaror loyihasida banklar va soliq organlari o‘rtasidagi axborot almashinuvini avtomatlashtirish taklif etilgan edi.
Hujjatga ko‘ra, banklar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari hamda ayrim operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar “Bank-soliq” maxsus moduli orqali taqdim etilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, loyihada jismoniy shaxslar kartalariga bir oy davomida boshqa jismoniy shaxslardan BHMning 500 baravariga teng yoki undan yuqori mablag‘ kelib tushgan holatlar haqida ma’lumot berish taklif qilingan