https://oz.sputniknews.uz/20260625/qurilish-materiallar-eksport-reja-58594620.html
Qurilish materiallari eksportini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda
Qurilish materiallari eksportini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektorda qurilish materiallari sohasida energiya tejamkor uylar qurish, eksportni oshirish va korxonalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha vazifalar belgiladi.
2026-06-25T15:16+0500
2026-06-25T15:16+0500
2026-06-25T15:51+0500
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
qurilish
investitsiya
yashil energiya
eksport
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/616/37/6163794_0:390:4160:2730_1920x0_80_0_0_6f9ebe307e33b83001727d241a98db90.jpg
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektorda qurilish materiallari tarmog‘ida energiya tejamkorlik, eksport va korxonalarni modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.Qayd etilishicha, xonadonlarni isitishga iqtisodiyotdagi jami gaz iste’molining 20 foizi, elektr energiyasining 11 foizi sarflanmoqda. Agar uy fasadi va tom qismi issiqlik saqlovchi materiallar bilan qoplansa, energiya tejamkor oyna o‘rnatilsa, energiya sarfi 30 foizgacha kamayadi.Bu borada Qamashi tumanida Fransiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari ishlab chiqqan yondashuv asosida 4 ming xonadonli “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilmoqda. Hokimlarga Qamashi tajribasini o‘rganish topshirildi. Joriy yil “Yangi O‘zbekiston” qiyofasi olib kiriladigan 33 ta tuman va shaharda ko‘p qavatli uylar shu yondashuv asosida quriladi.Yig‘ilishda qo‘shni davlatlar yiliga 13 milliard dollarlik qurilish materiallarini import qilayotgani, Markaziy Osiyo bozorlariga eksportni qo‘shimcha 440 million dollarga oshirish imkoniyati borligi ta’kidlandi. Shu maqsadda Boku, Tbilisi, Moskva, Ostona va Bishkekda namunali energiya tejamkor uy modellarini qurib, road-shou o‘tkazish topshirildi.Bu yil 38 ta yirik korxonada energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etib, 400 million kilovatt-soat elektrni iqtisod qilish zarurligi qayd etildi.Shuningdek, investorlarni oddiy mahsulotlarni ko‘paytirishga emas, yuqori qo‘shilgan qiymat beradigan loyihalarga jalb qilish kerakligi ta’kidlandi. Joriy yil sohada:— 11 milliard dollarlik 900 dan ziyod yangi loyihani boshlash;— 3,2 milliard dollarlik 622 ta loyihani ishga tushirish;— 21 mingta yangi ish o‘rni yaratish;— eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251229/infratuzilma-loyiha-yashil-texnologiyalar-54531380.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/616/37/6163794_0:0:4160:3120_1920x0_80_0_0_bd48e95b7a418ca53d52c2a706721a04.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, qurilish, investitsiya, yashil energiya, eksport, iqtisod
shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, qurilish, investitsiya, yashil energiya, eksport, iqtisod
Qurilish materiallari eksportini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda
15:16 25.06.2026 (yangilandi: 15:51 25.06.2026) Shavkat Mirziyoyev qurilish materiallari sohasida energiya tejamkor uylar, eksportni oshirish va korxonalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha vazifalar belgiladi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektorda qurilish materiallari tarmog‘ida energiya tejamkorlik, eksport va korxonalarni modernizatsiya qilish masalalari
muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, xonadonlarni isitishga iqtisodiyotdagi jami gaz iste’molining 20 foizi, elektr energiyasining 11 foizi sarflanmoqda. Agar uy fasadi va tom qismi issiqlik saqlovchi materiallar bilan qoplansa, energiya tejamkor oyna o‘rnatilsa, energiya sarfi 30 foizgacha kamayadi.
Bu borada Qamashi tumanida Fransiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari ishlab chiqqan yondashuv asosida 4 ming xonadonli “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilmoqda.
Loyihada mahalliy energiya tejamkor mahsulotlar ishlatiladi, tannarx kamida 20 foizga arzonlashadi, isitish va sovitish xarajatlari 30 foizga qisqaradi.
Hokimlarga Qamashi tajribasini o‘rganish topshirildi. Joriy yil “Yangi O‘zbekiston” qiyofasi olib kiriladigan 33 ta tuman va shaharda ko‘p qavatli uylar shu yondashuv asosida quriladi.
Yig‘ilishda qo‘shni davlatlar yiliga 13 milliard dollarlik qurilish materiallarini import qilayotgani, Markaziy Osiyo bozorlariga eksportni qo‘shimcha 440 million dollarga oshirish imkoniyati borligi ta’kidlandi. Shu maqsadda Boku, Tbilisi, Moskva, Ostona va Bishkekda namunali energiya tejamkor uy modellarini qurib, road-shou o‘tkazish topshirildi.
Bu yil 38 ta yirik korxonada energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etib, 400 million kilovatt-soat elektrni iqtisod qilish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, investorlarni oddiy mahsulotlarni ko‘paytirishga emas, yuqori qo‘shilgan qiymat beradigan loyihalarga jalb qilish kerakligi ta’kidlandi.
Yil yakunigacha past quvvatda ishlayotgan kamida 50 ta qurilish materiallari korxonasiga investor olib kelish topshirildi.
Joriy yil sohada:
— 11 milliard dollarlik 900 dan ziyod yangi loyihani boshlash;
— 3,2 milliard dollarlik 622 ta loyihani ishga tushirish;
— 21 mingta yangi ish o‘rni yaratish;
— eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.