Yevropa "yonyapti": Afrika jaziramasi mintaqani qamrab oldi

© REUTERS / Gonzalo FuentesAnomalnaya jara v Yevrope
Anomalnaya jara v Yevrope - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2026
Obuna bo‘lish
Yevropada anomal issiq Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Belgiyada maktablar, transport, turizm va energetika sohalariga ta’sir ko‘rsatmoqda.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Yevropaning bir qator davlatlarida Afrikadan kirib kelgan issiq havo oqimi kundalik hayot, ta’lim, transport, turizm va energetika tizimlariga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Buyuk Britaniyada jazirama 50-yillik rekordni yangiladi. Issiq tufayli Bukingem saroyidagi qorovullar almashinuvi marosimi bekor qilindi. Mamlakatning ayrim hududlarida maktablar yopildi, Janubi-sharqiy Angliyada esa suv iste’moli bo‘yicha vaqtincha cheklovlar joriy etildi.
Fransiyada vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Bosh vazir barcha davlat xizmatlari jaziramaga qarshi kurashga jalb etilishini ma’lum qildi. Parijda jamoat joylarida alkogol iste’mol qilish cheklandi, Luvr esa issiq tufayli ayrim zallar yopilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Eyfel minorasida ham ish vaqtiga o‘zgartish kiritilgani xabar qilindi.
Fransiyada issiqlik energetika sohasiga ham ta’sir ko‘rsatdi: daryo suvlari qizishi sabab ayrim atom elektr stansiyalarida quvvat qisqartirildi. Fransiya banki rahbari esa jaziramaning o‘rta muddatda iqtisodiyotga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini aytdi.
Italiyada jazirama tufayli bir kunda bir necha kishi halok bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Afrikadan kelgan issiq havo oqimi sabab 27 ta yirik shahardan 17 tasida ob-havo ogohlantirishining eng yuqori — “qizil” darajasini e’lon qildi. Rim, Milan, Florensiya, Venetsiya va Bolonya kabi shaharlar xavfli hududlar ro‘yxatiga kiritildi.
Ispaniyada ham iyun oyi uchun rekord darajadagi o‘rtacha harorat qayd etildi. Ayrim hududlarda harorat 40 darajaga yaqinlashdi, mamlakat shimolidagi Basklar mintaqasida esa xavf darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda.
Germaniyada sinoptiklar ayrim hududlarda harorat 40 darajadan oshishi mumkinligini prognoz qilmoqda. Jazirama sabab ochiq havodagi ayrim tadbirlar bekor qilindi, temir yo‘l operatorlari esa yo‘lovchilarga safarlarini o‘zgartirish imkoniyatini bermoqda.
Belgiyada issiq transportga ta’sir qildi: ayrim poyezd va avtobuslarda sovitish tizimi yetarli emasligi sabab qatnovlar qisqartirildi. Ba’zi maktablarda darslar bekor qilindi yoki o‘quvchilar ertaroq uyga jo‘natildi.
Mutaxassislar bunday issiq faqat kunduzgi yuqori harorat bilan emas, kechalari ham havo yetarlicha sovimasligi bilan xavfli ekanini ta’kidlamoqda.
Ostrov Grenlandiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2026
Okean ilimoqda, muzlar erimoqda: BMT insoniyat uchun xavfli hisobot e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0