Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Ivoljanskoe ustidan nazorat o‘rnatdi — tafsilotlar

© RIA NovostiRossiyskie voyennoslujashie v zone SVO
Rossiyskie voyennoslujashie v zone SVO  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2026
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Konstantinovka va Qizil Liman yo‘nalishlarida hujum harakatlari davom etmoqda
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatining Ivoljanskoe aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, aholi punktini "Shimol" qo‘shinlar guruhining 44-armiya korpusi tarkibidagi 30-motoo‘qchi polk bo‘linmalari nazorat ostiga oldi.
Qishloq Oleshnya darosi bo‘yida, Sumi shahridan taxminan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hujum oldidan Rossiya qo‘shinlari uchuvchisiz uchish apparatlari va artilleriya yordamida Ukraina kuchlarining pozitsiyalariga zarba bergan. Shundan so‘ng bo‘linmalar aholi punktiga kirib, binolar va yerto‘lalarni tozalashga kirishgan.
Ta’kidlanishicha, Ukraina qo‘mondonligi qishloqni ushlab qolish uchun qo‘shimcha zaxiralarni jangga kiritgan, ammo ular o‘t ochish orqali to‘xtatilgan.
Ivoljanskoe ustidan nazorat o‘rnatilishi Kursk viloyati chegarasi bo‘ylab xavfsizlik hududini kengaytirish va Sumi yo‘nalishidagi pozitsiyalarni mustahkamlash imkonini beradi.
Shu bilan birga, Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, DXRning Qizil Liman aholi punktida UQK bo‘linmalarini yo‘q qilish davom ettirilmoqda.
Shuningdek, 67-motoo‘qchi diviziya bo‘linmalari g‘arbiy yo‘nalishda hujum qilib, dushmanning beshta tayanch punkti va 43 ta binosini egallagan.
Konstantinovka aholi puntida esa "Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari hujum harakatlarini davom ettirgan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, bir kecha-kunduzda 114 ta bino nazoratga olingan.
Boyevoe slajivanie boysov 25-y armii gruppirovki voysk Zapad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi DXRdagi Yurkovkani ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0