Toshkentda Rossiya va Xitoyning Yevroosiyo uchun rejalari muhokama qilindi

© Sputnik / Almir Gilmanshin
Obuna bo‘lish
Asosiy e’tibor mintaqaviy barqarorlik va yashil energetikadan tortib yarimo‘tkazgichlar sanoatigacha bo‘lgan yangi iqtisodiy yo‘nalishlarga qaratildi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi strategik hamkorlikning 30-yilligi hamda yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning 25-yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uch mamlakat diplomatlari, olimlari va ekspertlari beqaror dunyo davrida Yevroosiyo makoni qanday bo‘lishi mumkinligini muhokama qilish uchun yig‘ildi.

Krugliy stol v Tashkente "Rossiya i Kitay: opit i perspektivi dlya Yevrazii"
© Sputnik / Almir Gilmanshin
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxovning so‘zlariga ko‘ra, 1996 va 2001-yillarda imzolangan hujjatlar Moskva va Pekin munosabatlarida yangi sahifa ochgan.
"Bizning vazifamiz - mamlakatlarimiz to‘plagan o‘zaro hamkorlikning ijobiy tajribasini qabul qiluvchi mamlakatlarning siyosiy va akademik doiralari hamda jamoatchilikka yetkazish, Rossiya va Xitoy, ularning xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat keltirishi mumkin bo‘lgan shubhasiz foydani namoyish etish", - dedi u.

Krugliy stol v Tashkente "Rossiya i Kitay: opit i perspektivi dlya Yevrazii"
© Sputnik / Almir Gilmanshin
Rossiya elchisi o‘zaro hamkorlikning bunday tuzilmasi teng huquqlilikka asoslanishini, tomonlarning suverenitetiga to‘sqinlik qilmasligini va boshqa mamlakatlarga qarshi emasligini ta’kidladi.
Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Yuy Szun ikki davlat hamkorligini yirik davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yangi formati namunasi deb atadi.
"Xitoy va Rossiya yirik davlatlar va qo‘shni davlatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlikning mutlaqo yangi yo‘lini tanladi", - dedi Yuy Szun.
Muhokama mavzulari Moskva va Pekin munosabatlari bilan cheklanib qolmadi. Ishtirokchilar Markaziy Osiyo qanday qilib transport, energetika va texnologik loyihalar kesishmasi makoniga aylanib borayotgani haqida fikr almashdilar.

Krugliy stol v Tashkente "Rossiya i Kitay: opit i perspektivi dlya Yevrazii"
© Sputnik / Almir Gilmanshin
Rossiya Fanlar akademiyasining Xitoy va zamonaviy Osiyo instituti Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari Aleksandra Perminova o‘z nutqini Rossiya-Xitoy hamkorligining Yevroosiyo barqarorligini mustahkamlashdagi roli va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik tajribasiga bag‘ishladi.
Xitoy xalqaro tadqiqotlar instituti Yevropa va Markaziy Osiyo tadqiqotlari departamenti direktori Li Szigo Rossiya-Xitoy munosabatlarini rivojlantirish va mintaqaviy aloqalarni chuqurlashtirish jarayonlarining bir-birini to‘ldirishiga e’tibor qaratdi.
Rossiya Fanlar akademiyasi IMEMO bosh ilmiy xodimi Maksim Potapov Rossiya va Xitoyning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlarini taqdim etdi.
Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar mavjud modeli — Rossiya xomashosi va yoqilg‘isini Xitoy sanoat mahsulotlariga ayirboshlash — o‘z imkoniyatlarining yuqori chegarasiga yaqinlashdi.
"Oldinga siljish uchun sifat jihatidan yangi bosqichga - sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va yuqori texnologiyalarga o‘tish zarur", - dedi Potapov.
Shanxay global boshqaruv akademiyasi ijrochi direktori Yan Chen Markaziy Osiyoni rivojlantirishning yangi tendensiyalari haqida gapirdi.
U muhim tendensiyaga e’tibor qaratdi: agar ilgari mintaqa "suhbat klubi" sifatida qabul qilingan bo‘lsa, bugungi kunda Markaziy Osiyo beshligi yaxlit va pragmatik siyosiy loyihaga aylandi.
Mutaxassislar, mintaqa shunchaki xomashyo eksportchisi bo‘libgina qolmay, o‘z hududida ish o‘rinlari yaratishi uchun o‘rta hajmdagi qo‘shma korxonalarni tashkil etish foydali bo‘lgan aniq sohalarni ajratib ko‘rsatdilar:
dastgohsozlik, robototexnika va asbobsozlik;
avtomobilsozlik (avtomobillar va akkumulyator batareyalari ishlab chiqarish);
yashil energetika (qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan elektr stansiyalari uchun uskunalar) va yarimo‘tkazgichlar;
muhim minerallar atrofida qo‘shilgan qiymatni mahalliylashtirish.
Bundan tashqari, transport yo‘laklari, energetika va xavfsizlik masalalari ko‘tarildi. Yuy Szunning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Rossiya, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan birgalikda "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusini rivojlantirishga va mintaqada uzoq muddatli tinchlik va farovonlikka hissa qo‘shishga tayyor.

Krugliy stol v Tashkente "Rossiya i Kitay: opit i perspektivi dlya Yevrazii"
© Sputnik / Almir Gilmanshin
Bunday uchrashuvlar mamlakatlar o‘rtasida yangi kesishish nuqtalarini topish, hamkorlik namunasini ko‘rsatish uchun imkoniyatdir. Rossiya va Xitoy hamkorligi Markaziy Osiyo uchun sanksiyalar bosimi emas, balki infratuzilma, investitsiyalar va o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarga tayangan rivojlanish modelini taklif etmoqda.
