https://oz.sputniknews.uz/20260624/rossiya-segodnya-agentlik-yubiley-58559837.html
Putin “Rossiya segodnya” agentligini 85-yillik yubiley bilan tabrikladi
Putin “Rossiya segodnya” agentligini 85-yillik yubiley bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Sovinformburo 1941-yil 24-iyunda frontlardagi vaziyatni yoritish uchun tashkil etilgan. Keyinchalik uning tarixiy merosi “Novosti” matbuot agentligi, RIA Novosti va “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi bilan davom etdi.
2026-06-24T10:52+0500
2026-06-24T10:52+0500
2026-06-24T11:11+0500
dunyo yangiliklari
"rossiya segodnya"
oav
vladimir putin
ria novosti
ulug‘ vatan urushi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39411743_0:132:1280:852_1920x0_80_0_0_21e553273c2822a9405bb0b34ffa05a6.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi xodimlari va faxriylarini Sovinformburo tashkil etilganining 85-yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Putin agentlik xodimlari boy tarix va jurnalistikaning murakkab sharoitlarida kasbiy burchini ado etgan avlodlar merosini davom ettirayotganini ta’kidladi.“Rossiya segodnya” tarixi 1941-yil 24-iyunda tashkil etilgan Sovet axborot burosi — Sovinformburodan boshlanadi. 1941-yil 25-iyundan boshlab Sovinformburo operativ ma’lumotlarni har kuni tarqata boshlagan. U orqali frontdagi voqealar, front ortidagi mehnat, shuningdek, Sovet Ittifoqi haqidagi axborotlar xorijiy OAV, elchixonalar, konsulliklar va radioeshittirish tashkilotlariga yetkazilgan.1961 yilda Sovinformburo negizida “Novosti” matbuot agentligi tashkil etildi. Keyinchalik uning negizida RIA “Novosti” faoliyat yuritdi, 2013-yildan esa ushbu media tuzilma “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi sifatida ish boshladi.Putin tabrigida agentlik bugun ham Rossiya va jahon media maydonida o‘z o‘rnini saqlab kelayotgani, millionlab auditoriyani tezkor va dolzarb axborot bilan ta’minlayotganini qayd etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260402/moscow-valentin-falin-yodgorlik-lavha-56680627.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39411743_144:0:1280:852_1920x0_80_0_0_f4146ae6d8bfc7fd93c1a79b6df7ebb9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, "rossiya segodnya", oav, vladimir putin, ria novosti, ulug‘ vatan urushi, jamiyat
dunyo yangiliklari, "rossiya segodnya", oav, vladimir putin, ria novosti, ulug‘ vatan urushi, jamiyat
Putin “Rossiya segodnya” agentligini 85-yillik yubiley bilan tabrikladi
10:52 24.06.2026 (yangilandi: 11:11 24.06.2026) 1941 yil 24-iyunda front xabarlarini tarqatish uchun tashkil etilgan Sovinformburoning 85-yilligi nishonlanmoqda. Bugun uning huquqiy vorisi hisoblangan “Rossiya segodnya” yubileyni nishonlamoqda.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi xodimlari va faxriylarini Sovinformburo tashkil etilganining 85-yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Putin agentlik xodimlari boy tarix va jurnalistikaning murakkab sharoitlarida kasbiy burchini ado etgan avlodlar merosini davom ettirayotganini ta’kidladi.
“Rossiya segodnya” tarixi 1941-yil 24-iyunda tashkil etilgan Sovet axborot burosi — Sovinformburodan boshlanadi.
U Ulug‘ Vatan urushi yillarida frontlardagi vaziyatni yoritish, harbiy muxbirlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda sovet va xorijiy auditoriyani axborot bilan ta’minlash vazifasini bajargan.
1941 yil 25-iyundan boshlab Sovinformburo operativ ma’lumotlarni har kuni tarqata boshlagan. U orqali frontdagi voqealar, front ortidagi mehnat, shuningdek, Sovet Ittifoqi haqidagi axborotlar xorijiy OAV, elchixonalar, konsulliklar va radioeshittirish tashkilotlariga yetkazilgan.
1961 yilda Sovinformburo negizida “Novosti” matbuot agentligi tashkil etildi. Keyinchalik uning negizida RIA “Novosti” faoliyat yuritdi, 2013-yildan esa ushbu media tuzilma “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi sifatida ish boshladi.
Putin tabrigida agentlik bugun ham Rossiya va jahon media maydonida o‘z o‘rnini saqlab kelayotgani, millionlab auditoriyani tezkor va dolzarb axborot bilan ta’minlayotganini qayd etdi.