Andijonda 20 ming kishi Ginness rekordi uchun “Andijon polkasi”ni ijro etdi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Andijonda 20 mingga yaqin kishi “Andijon polkasi”ni bir vaqtning o‘zida ijro etdi. Ommaviy raqs Ginnes rekordlar kitobiga taqdim etiladi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Andijondagi “Bobur Arena” stadionida Ginness rekordlar kitobiga kiritish uchun “Andijon polkasi”ni ommaviy ijro etish bo‘yicha repetitsiya va suratga olish ishlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Tadbirda 20 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Raqsni maktab o‘quvchilari, talabalar va o‘qituvchilar bir vaqtning o‘zida ijro etdi. Ishtirokchilar orasida eng yosh raqqosa 7 yoshda, eng keksa ishtirokchi esa 70 yoshda bo‘ldi.
Ommaviy ijro besh daqiqa davom etdi. Tadbirda Ginness rekordlar kitobining rasmiy vakili ham ishtirok etib, jarayon belgilangan talablar asosida o‘tganini qayd etdi.
“Andijon polkasi”ni 20 ming nafar ishtirokchiga o‘rgatish uchun 60 nafardan ortiq baletmeyster jalb qilindi.

“Ellik yildan beri "Andijon polka"sini ijro qilib kelaman. Bugun bir boshqacha bir ruhda o‘ynadim, boshqacha ilhom bilan o‘ynadim. Negaki Andijon polkamizni bugun butun dunyo ko‘radi. Biz shundan xursandmiz”, — dedi Andijon tumani Madaniyat bo‘limi baletmeysteri, “Shuhrat” medali sohibi Abdulaziz Yusupov.

Loyiha TURKSOY tashabbusi bilan, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va Andijon viloyati hokimligi ko‘magida amalga oshirildi.
“Andijon polkasi”ni Ginness rekordlar kitobiga kiritish bo‘yicha rasmiy qaror taqdim etilgan materiallar ko‘rib chiqilgandan so‘ng qabul qilinadi.
Raqsni Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.
Molodie injeneri iz Uzbekistana pobili mirovoy rekord - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2025
Yosh o‘zbek muhandislari Giness rekordini yangiladi
Yangiliklar lentasi
0