Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ushakov Bayden va Trampning Ukraina mojarosiga yondashuvini taqqosladi

© Sputnik / Kristina Kormilisina / Mediabankka o‘tishPomoshnik prezidenta RF Yuriy Ushakov
Pomoshnik prezidenta RF Yuriy Ushakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti yordamchisi G‘arb davlatlarini Ukrainadagi mojaroni davom ettirishdan manfaatdorlikda aybladi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden ma’muriyatidan farqli o‘laroq, Donald Tramp jamoasi Ukraina mojarosini muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga harakat qilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov "Primakov o‘qishlari" forumida so‘z yuritdi.
Ushakovning ta’kidlashicha, maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan keyin Kiyevga siyosiy va harbiy yordamni kengaytirish siyosati aynan Bayden ma’muriyati davrida shakllangan.
"Prezident Bayden davrida Vashingtonning rusofobik siyosati shakllandi. Tramp davrida esa amerikaliklar vositachilik sa’y-harakatlarini amalga oshirdi va bu Istanbul hamda Jenevadagi muzokaralar raundlarini tashkil etishga yordam berdi", — dedi Ushakov.
Uning fikricha, keyinchalik Yevropa davlatlari Ukraina masalasida tashabbusni o‘z qo‘liga olishga harakat qilgan.
Rossiya prezidenti yordamchisi G‘arb davlatlarini Ukrainadagi mojaroni davom ettirishdan manfaatdorlikda ham aybladi.
"Yevropaliklar G‘arb yana bir bor urushni davom ettirish tarafdori bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi", — dedi Ushakov.
Shu bilan birga, u Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning yangi raundi bo‘yicha hozircha aniq kelishuv mavjud emasligini qayd etdi.
Ushakov AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Jared Kushnerning Rossiyaga ehtimoliy tashrifi haqidagi savolga javob berar ekan, safar sanasi hali kelishilmaganini bildirdi.
Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Tramp bilan qo‘ng‘iroqlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0