Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar oshiriladi

© Sputnik / Baxrom Xatamov Uzbekskiy sum
Uzbekskiy sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2026
Obuna bo‘lish
1 iyuldan pensiya va nafaqalar, 1-sentabrdan esa budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar 7 foizga oshiriladi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2026 yil 1-iyuldan pensiyalar, nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari 7 foizga oshiriladi.
Shundan so‘ng:
yoshga doir eng kam pensiya — 983 ming so‘m;
nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 1 mln 83 ming so‘m;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 504 ming so‘m bo‘ladi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun bolalar nafaqasi quyidagicha belgilandi:
3 yoshgacha bo‘lgan birinchi farzand uchun — 386 ming so‘m;
3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan birinchi farzand uchun — 295 ming so‘m;
ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha — 177 ming so‘m;
uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun qo‘shimcha — 118 ming so‘m.
Moddiy yordamning oylik miqdori esa 450 ming so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, 2026 yil 1-sentabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar ham 7 foizga oshiriladi.
Ushbu sanadan:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 mln 360 ming so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori (BHM) — 440 ming so‘m etib belgilanadi.
Srednyaya_zarplata_po_vidam_deyatelnosti_v_Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2026
O‘zbekistonda qaysi soha xodimlari eng ko‘p maosh olmoqda
Yangiliklar lentasi
0