Namanganni rivojlantirish uchun nimalar rejalashtirilgan — Mirziyoyev taqdimot bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev zaslushal dokladi otvetstvennix lis o razvitii Namanganskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev zaslushal dokladi otvetstvennix lis o razvitii Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2026
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida hududni rivojlantirish bo‘yicha axborotlar bilan tanishdi. Taqdimotda investitsiyalar, bandlik, infratuzilma va eksportga oid rejalar ma’lum qilindi
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining vaziyatlar markazida mutasaddilarning hududni rivojlantirish bo‘yicha axborotlarini tingladi. Bu haqda prezident matbuot xizati xabar berdi.
Yig‘ilishda huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid 18 turdagi jarayon raqamlashtirilgani, profilaktika inspektorlari planshet va bodi-kameralar bilan ta’minlangani ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Namanganda sanoat hajmi 4,6 trillion so‘mdan 40 trillion so‘mga yetgan. Endi mashinasozlik, metallurgiya, yengil sanoat, xizmatlar va yangi iqtisodiyot yo‘nalishlari asosiy drayverlarga aylantiriladi.
Hududlarni rivojlantirish uchun 14 ta “aql markazi” iqtisodiy diagnostika o‘tkazib, yangi o‘sish nuqtalarini aniqlaydi.
Joriy yil uchun viloyatda quyidagi vazifalar belgilangan:
80 ming aholini doimiy ish bilan ta’minlash;
314 ming fuqaroning daromadini oshirish;
21 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish;
5 milliard dollar investitsiya jalb qilish;
eksport hajmini 1,2 milliard dollarga yetkazish.
Qishloq xo‘jaligida Kosonsoyda chorvachilikni kengaytirish, Pop tumanida esa adir yerlarda organik bog‘lar maydonini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, viloyatda kamida 5 ta xususiy o‘quv-baholash markazi tashkil etilib, joriy yilning o‘zida 20 ming nafar yoshni zamonaviy kasblarga o‘qitish boshlanadi.
Infratuzilma sohasida 130 kilometr ichimlik suvi va 2,5 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i qurish, 9 ta yangi suv inshootini barpo etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Pungan – Namangan” avtomobil yo‘lining 75 kilometri rekonstruksiya qilinib, 4 tasmali beton qoplamali yo‘lga aylantiriladi.
Jamoat transportini yangilash doirasida 1-sentabrgacha 90 ta avtobus, 50 ta elektrobus va 30 ta mikroavtobus olib kelinadi. Kelgusi yil 1-iyulgacha yana 105 ta elektrobus olib kelish topshirildi
Sog‘liqni saqlash sohasida esa birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining yangi modeli Kosonsoy va Uychi tumanlarida joriy etiladi. Infarkt va insultga qarshi milliy dastur oktabrdan Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ishga tushiriladi.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po meram razvitiya Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2025
Namangan viloyatiga 4,2 mlrd dollarlik investitsiya jalb etiladi
Yangiliklar lentasi
0