O‘zbekistonda xususiy kasbiy ta’lim bilan qamrov 500 ming nafarga yetkaziladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po razvitiyu chastnogo profobrazovaniya
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po razvitiyu chastnogo profobrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2026
Obuna bo‘lish
Kelgusi uch yilda xususiy kasbiy ta’lim bilan qamrab olinganlar sonini hozirgi 45 ming nafardan yiliga 500 ming nafargacha oshirish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy ta’limni rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish orqali xalqaro standartlar asosidagi o‘quv va baholash markazlari sonini hozirgi 50 tadan 200 taga yetkazish, xususiy kasbiy ta’lim qamrovini hozirgi 45 ming nafardan yiliga 500 ming nafargacha oshirish rejalashtirilmoqda.

Buning uchun 300 tadan ortiq o‘quv dasturi xalqaro talablarga moslashtiriladi, 1 ming nafardan ziyod o‘qituvchi va ta’lim ustasining malakasi oshiriladi. Mazkur ishlar uchun Bandlik jamg‘armasidan 500 milliard so‘m ajratiladi.

Shuningdek, xususiy kasbiy ta’lim tashkilotlari uchun bir qator imtiyozlar taklif etildi. Jumladan, o‘quv jihozlari importi bojxona bojidan ozod qilinadi, xorijiy mutaxassislar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.
Tashkilotlarga 2-yillik imtiyozli davr bilan 7-yilgacha kreditlar ajratiladi. Qurilish, ta’mirlash va uskuna xarid qilish uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.
Shuningdek, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va malaka sertifikatlari olish xarajatlari ham qisman kompensatsiya qilinadi.
Tadbirkorlarga yer uchun to‘lovni 5-yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash, davlat obyektlarini uzoq muddatli ijaraga olish hamda texnikumlarning bo‘sh binolaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Yil yakunigacha xususiy kasbiy ta’lim muassasalarini jihozlash uchun 100 million dollar jalb qilish, bitiruvchilar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 5 million dollarlik Venchur jamg‘armasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Prezident taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Proxodit dialog Prezidenta s molodejyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2026
Yigirma ikki million yosh - bu katta kuch: Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qilmoqda
Yangiliklar lentasi
0