O‘zbekiston — Portugaliya o‘yini kuni Toshkent metropoliteni ish vaqti uzaytiriladi

© Sputnik / Baxrom XatamovTashkentskiy metropoliten
Tashkentskiy metropoliten - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati doirasidagi navbatdagi uchrashuvi munosabati bilan 23-iyun kuni Toshkent metropoliteni ish vaqti bir soatga uzaytiriladi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati doirasidagi navbatdagi uchrashuvi munosabati bilan Toshkent metropoliteni 23-iyun kuni tungi soat 01:00 gacha xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston — Portugaliya uchrashuvi kuni poytaxtning turli hududlarida futbol muxlislari harakati ortishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish va jamoat transportining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida metro poyezdlari harakati vaqti qo‘shimcha bir soatga uzaytiriladi.
Shunga ko‘ra, 23-iyun kuni metropoliten odatdagidan kechroq — tungi soat 01:00 gacha ishlaydi.
Kak uzbekistansi boleli za svoyu sbornuyu na ChM-2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2026
O‘zbekistonliklar milliy terma jamoani qanday qo‘llab-quvvatladi
Yangiliklar lentasi
0