https://oz.sputniknews.uz/20260622/uzbekistan-iaea-missiya-boshlanish-58522779.html
O‘zbekistonda MAGATEning milliy yadroviy infratuzilmani baholash missiyasi boshlandi
O‘zbekistonda MAGATEning milliy yadroviy infratuzilmani baholash missiyasi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
MAGATE ekspertlari 2021-yildan buyon O‘zbekistonning milliy yadroviy infratuzilmasini rivojlantirish sohasida erishgan natijalarini baholaydi. Missiya 26-iyunga qadar davom etadi.
2026-06-22T19:22+0500
2026-06-22T19:22+0500
2026-06-22T19:22+0500
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
aes
o‘zatom
rosatom
magate
atom energetikasi
atom energetikasini rivojlantirish agentligi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/16/58518619_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_b7f07044ed4aa850c81078702f831466.jpg
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. 22-iyun kuni "O‘zatom" agentligida Xalqaro atom energiyasi agentligining (MAGATE) milliy yadroviy infratuzilmani kompleks baholash (INIR) missiyasi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Missiya ishida MAGATEga a’zo davlatlar — Iordaniya, Braziliya, Dominikan Respublikasi va Turkiyadan besh nafar xalqaro ekspert ishtirok etmoqda. Shuningdek, muhokamalarda O‘zbekiston vazirlik va idoralari vakillari ham qatnashmoqda.O‘zbekiston tomonidan "O‘zatom" agentligi Yadro energetikasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha milliy organ (NEPIO) hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mustaqil regulyator sifatida ishtirok etmoqda.Tadbir doirasida tomonlar 2021-yilgi missiyadan keyin milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish sohasida erishilgan natijalarni muhokama qildi."O‘zatom" direktori Azim Axmedxadjayev ushbu missiya O‘zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.Axmedxadjayevning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekiston yadro xavfsizligi sohasidagi asosiy xalqaro hujjatlarga qo‘shildi. Shuningdek, atom elektr stansiyasini joylashtirish, loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yadro va radiatsiya xavfsizligiga oid qator meyoriy hujjatlar ishlab chiqildi.Jismoniy xavfsizlik tizimini mustahkamlash maqsadida idoralararo milliy ishchi guruh tuzildi. MAGATE bilan hamkorlikda ishlatilgan yadro yoqilg‘isi va radioaktiv chiqindilarni boshqarish strategiyasi loyihasi ham ishlab chiqildi.Axmedxadjayev milliy kadrlar tayyorlashga ham katta e’tibor qaratilayotganini qayd etdi. O‘zbekistonda atom energetikasi dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangan bo‘lib, u AES qurilishi va xavfsiz ekspluatatsiyasi, shuningdek, yadro va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash uchun mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.Uning ma’lum qilishicha, joriy yilning 21-aprel kuni "Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Tatyana Terentyeva ishtirokida O‘zbekiston—Rossiya qo‘shma ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda kadrlar tayyorlash bo‘yicha mamlakat rejasini ishlab chiqish, 2026-yilda "O‘zatom" va AES qurilishi direksiyasining 60 nafar mutaxassisini "Rosatom" obyektlarida stajirovkadan o‘tkazish hamda "Moskva muhandislik-fizika instituti" Milliy tadqiqot yadro universiteti ("MMFI" MTAU) Toshkent filialini kadrlar tayyorlash jarayoniga jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.Shuningdek, u jamoatchilik bilan muloqotlar, loyihaning ekologik bahosi va uni amaliy bosqichga o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom etayotganini ma’lum qildi. Xususan, birinchi beton quyildi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi RITM-200N reaktor qurilmasiga ega energiya blokini qurish uchun litsenziya berdi, 2026-yil 4-iyun kuni esa birinchi reaktor qurilmasi qurilishi rasman boshlandi.Missiyaning ochilish marosimida MAGATE ekspertlari O‘zbekistonning agentlik bilan ko‘p yillik hamkorligi yuqori darajada ekanini ta’kidladi.MAGATEning milliy yadroviy infratuzilmani kompleks baholash (INIR) missiyasi rahbari Jon Xaddadning aytishicha, O‘zbekiston ishlab chiquvchi mamlakat hududidan tashqarida kichik modulli reaktor qurilishini boshlagan ilk davlatlardan biri hisoblanadi.Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy missiyaning asosiy maqsadi 2021-yildan buyon erishilgan natijalarni baholash, saqlanib qolayotgan masalalarni aniqlash va zarur hollarda qo‘shimcha tavsiyalar berishdan iborat.Missiya o‘z ishini 26-iyunga qadar davom ettiradi. Uning yakunlari bo‘yicha MAGATE O‘zbekistonning milliy yadroviy infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalarni o‘z ichiga olgan dastlabki rasmiy hisobotni tayyorlaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260604/uzbekistan-aes-energoblok-qurish-litsenziya-58093669.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/16/58518619_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_0c2857d1442430cc67438431fc0a746b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, aes, o‘zatom, rosatom, magate, atom energetikasi, atom energetikasini rivojlantirish agentligi, jamiyat
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, aes, o‘zatom, rosatom, magate, atom energetikasi, atom energetikasini rivojlantirish agentligi, jamiyat
O‘zbekistonda MAGATEning milliy yadroviy infratuzilmani baholash missiyasi boshlandi
Missiya yakunlari bo‘yicha MAGATE O‘zbekiston milliy yadroviy infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalarni o‘z ichiga olgan dastlabki rasmiy hisobotni tayyorlaydi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. 22 iyun kuni "O‘zatom" agentligida Xalqaro atom energiyasi agentligining (MAGATE) milliy yadroviy infratuzilmani kompleks baholash (INIR) missiyasi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Missiya ishida MAGATEga a’zo davlatlar — Iordaniya, Braziliya, Dominikan Respublikasi va Turkiyadan besh nafar xalqaro ekspert ishtirok etmoqda. Shuningdek, muhokamalarda O‘zbekiston vazirlik va idoralari vakillari ham qatnashmoqda.
O‘zbekiston tomonidan "O‘zatom" agentligi Yadro energetikasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha milliy organ (NEPIO) hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mustaqil regulyator sifatida ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida tomonlar 2021-yilgi missiyadan keyin milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish sohasida erishilgan natijalarni muhokama qildi.
"O‘zatom" direktori Azim Axmedxadjayev ushbu missiya O‘zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
"Biz uni ochiq va professional muloqot uchun muhim vosita deb bilamiz. U milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni xolisona baholash, erishilgan natijalarni xalqaro standartlar va MAGATE tavsiyalari bilan taqqoslash hamda keyingi amaliy qadamlarni belgilash imkonini beradi", — dedi u.
Axmedxadjayevning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekiston yadro xavfsizligi sohasidagi asosiy xalqaro hujjatlarga qo‘shildi. Shuningdek, atom elektr stansiyasini joylashtirish, loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yadro va radiatsiya xavfsizligiga oid qator meyoriy hujjatlar ishlab chiqildi.
Jismoniy xavfsizlik tizimini mustahkamlash maqsadida idoralararo milliy ishchi guruh tuzildi. MAGATE bilan hamkorlikda ishlatilgan yadro yoqilg‘isi va radioaktiv chiqindilarni boshqarish strategiyasi loyihasi ham ishlab chiqildi.
Axmedxadjayev milliy kadrlar tayyorlashga ham katta e’tibor qaratilayotganini qayd etdi. O‘zbekistonda atom energetikasi dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangan bo‘lib, u AES qurilishi va xavfsiz ekspluatatsiyasi, shuningdek, yadro va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash uchun mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.
Uning ma’lum qilishicha, joriy yilning 21-aprel kuni "Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Tatyana Terentyeva ishtirokida O‘zbekiston—Rossiya qo‘shma ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda kadrlar tayyorlash bo‘yicha mamlakat rejasini ishlab chiqish, 2026-yilda "O‘zatom" va AES qurilishi direksiyasining 60 nafar mutaxassisini "Rosatom" obyektlarida stajirovkadan o‘tkazish hamda "Moskva muhandislik-fizika instituti" Milliy tadqiqot yadro universiteti ("MMFI" MTAU) Toshkent filialini kadrlar tayyorlash jarayoniga jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
"Hozirgi kunda "MMFI" MTAU filialida yadro energetikasi, yadro texnologiyalari, issiqlik energetikasi, elektr energetikasi, tibbiy fizika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha 250 nafar talaba tahsil olmoqda. 2026 o‘quv yilidan boshlab yadro fizikasi va texnologiyalari bo‘yicha magistratura dasturi yo‘lga qo‘yiladi. 2023–2025 yillarda filial 160 nafar mutaxassisni tayyorladi, joriy yilda esa yana 74 nafar bitiruvchi chiqarilishi kutilmoqda", — dedi Axmedxadjayev.
Shuningdek, u jamoatchilik bilan muloqotlar, loyihaning ekologik bahosi va uni amaliy bosqichga o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom etayotganini ma’lum qildi. Xususan, birinchi beton quyildi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi RITM-200N reaktor qurilmasiga ega energiya blokini qurish uchun litsenziya berdi, 2026-yil 4-iyun kuni esa birinchi reaktor qurilmasi qurilishi rasman boshlandi.
"Barcha loyiha yechimlari yadro xavfsizligi talablariga qat’iy muvofiq ishlab chiqilmoqda. Loyihani ekspertizadan o‘tkazishga Belarus va Rossiyaning ushbu sohada katta tajribaga ega mutaxassislari jalb qilingan", — dedi u.
Missiyaning ochilish marosimida MAGATE ekspertlari O‘zbekistonning agentlik bilan ko‘p yillik hamkorligi yuqori darajada ekanini ta’kidladi.
MAGATEning milliy yadroviy infratuzilmani kompleks baholash (INIR) missiyasi rahbari Jon Xaddadning aytishicha, O‘zbekiston ishlab chiquvchi mamlakat hududidan tashqarida kichik modulli reaktor qurilishini boshlagan ilk davlatlardan biri hisoblanadi.
"So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston o‘zining yadro-energetika dasturini rivojlantirishda sezilarli qadamlar tashladi", — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy missiyaning asosiy maqsadi 2021-yildan buyon erishilgan natijalarni baholash, saqlanib qolayotgan masalalarni aniqlash va zarur hollarda qo‘shimcha tavsiyalar berishdan iborat.
Missiya o‘z ishini 26-iyunga qadar davom ettiradi. Uning yakunlari bo‘yicha MAGATE O‘zbekistonning milliy yadroviy infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalarni o‘z ichiga olgan dastlabki rasmiy hisobotni tayyorlaydi.