https://oz.sputniknews.uz/20260622/uzbekistan-hyundai-rotem-poezd-etkazilish-58499816.html
O‘zbekistonga uchinchi "Hyundai Rotem" tezurar poyezdi yetkazib berildi
O‘zbekistonga uchinchi "Hyundai Rotem" tezurar poyezdi yetkazib berildi
Sputnik O‘zbekiston
Hyundai Rotem tezurar poyezdi Janubiy Koreyadan Xitoy va Qozog‘iston orqali multimodal yo‘nalishda tashildi. Loyiha mamlakat temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan
2026-06-22T09:58+0500
2026-06-22T09:58+0500
2026-06-22T10:06+0500
janubiy koreya
o‘zbekiston
jamiyat
tezurar poyezd
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/16/58499606_462:0:2560:1180_1920x0_80_0_0_93d2d8dbb609559793952c326a32aa46.jpg
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. “Temiryo‘lkargo” AJ tomonidan Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan navbatdagi uchinchi "Hyundai Rotem" tezurar yo‘lovchi poyezdi O‘zbekistonga yetkazib berildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.Kompaniyaning ma’lum qilishicha, poyezd multimodal tashuv sxemasi orqali “eshikdan-eshikkacha” tamoyili asosida olib kelingan.Tashuv jarayoni doirasida katta gabaritli vagonlar uchun maxsus transport va platformalar jalb qilindi, tranzit davlatlarda qayta yuklash ishlari amalga oshirildi hamda bojxona, sug‘urta va logistika jarayonlari yagona zanjir asosida muvofiqlashtirildi.Avvalroq mazkur loyiha doirasidagi dastlabki "Hyundai Rotem" poyezdi 2025-yil dekabr oyida Janubiy Koreyadan jo‘natilib, 2026-yil fevral oyida O‘zbekistonga olib kelingan edi.Ta’kidlanishicha, zamonaviy tezurar poyezdlarning mamlakatga keltirilishi temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260611/toshkentd-andijon-termiz-58272099.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/16/58499606_750:0:2323:1180_1920x0_80_0_0_e6b2b1eca6723b3c11e206691cd32d18.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
janubiy koreya, o‘zbekiston, jamiyat, tezurar poyezd
janubiy koreya, o‘zbekiston, jamiyat, tezurar poyezd
O‘zbekistonga uchinchi "Hyundai Rotem" tezurar poyezdi yetkazib berildi
09:58 22.06.2026 (yangilandi: 10:06 22.06.2026) Poyezdni yetkazish uchun “Janubiy Koreya — Xitoy — Qozog‘iston — O‘zbekiston” maxsus tranzit yo‘nalishi ishlab chiqilgan.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. “Temiryo‘lkargo” AJ tomonidan Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan navbatdagi uchinchi "Hyundai Rotem" tezurar yo‘lovchi poyezdi O‘zbekistonga yetkazib berildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, poyezd multimodal tashuv sxemasi orqali “eshikdan-eshikkacha” tamoyili asosida olib kelingan.
Tashuv jarayoni doirasida katta gabaritli vagonlar uchun maxsus transport va platformalar jalb qilindi, tranzit davlatlarda qayta yuklash ishlari amalga oshirildi hamda bojxona, sug‘urta va logistika jarayonlari yagona zanjir asosida muvofiqlashtirildi.
Poyezdni yetkazish uchun “Janubiy Koreya — Xitoy — Qozog‘iston — O‘zbekiston” maxsus tranzit yo‘nalishi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda dengiz, avtomobil va temir yo‘l transporti imkoniyatlari birlashtirildi.
Avvalroq mazkur loyiha doirasidagi dastlabki "Hyundai Rotem" poyezdi 2025-yil dekabr oyida Janubiy Koreyadan jo‘natilib, 2026-yil fevral oyida O‘zbekistonga olib kelingan edi.
Ta’kidlanishicha, zamonaviy tezurar poyezdlarning mamlakatga keltirilishi temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.